Mazkur tashabbus Turizm va Madaniy meros vazirligi tomonidan amalga oshirildi.
Turkiya Respublikasi Turkiy tillar tarixi va madaniyati “TURKTAV” jamgʻarmasi «SHHT mamlakatlari hamkorligining yangi bosqichi: turizm va madaniy meros” xalqaro forumi doirasida oʻzbekistonlik tadqiqotchilarga Usmonli imperiyasining tarixiy arxivlarga kirish imkoniyatini taqdim etdilar. Endilikda oʻzbek olimlari Oʻzbekiston Respublikasi tarixiga oid bir qator hujjatlarni tiklashlari mumkin boʻladi.
Xabar qilinishicha, ayni vaqtga qadar Fond tomonidan 55 ming elektron qoʻlyozma hujjatlar raqamlashtirilgan.