Ushbu modda aspirin tarkibidagi asosiy moddalardan boʻlib, qadimgi Misrdan beri universal va arzon ogʻriq qoldiruvchi vosita sifatida ishlatilgan. Odamlar uni majnuntol barglari va qobigʻidan olishgan, biroq olimlar endigina oʻsimliklarning oʻzlari ham salitsil kislotasini stressni yengillashtiruvchi vosita sifatida ishlatishini bilib oldilar.
Oʻsimliklar hayvonlar kabi ogʻriqni sezmaydilar, ammo noqulay sharoitlarda stressga duch kelishlari mumkin, bu ularning oʻsishiga toʻsqinlik qiladi. Salitsil kislotasi ularga bu holatga osonroq dosh berishga yordam beradi, shuning uchun evolyutsiya jarayonida oʻsimliklar uni mustaqil ravishda ishlab chiqarishni oʻrganishdi. Murakkab jihati shundaki, oʻsimlik qachon bunday yordamga muhtoj boʻlishini oldindan bilmaydi.
Arabidopsis oʻsimligini oʻrganar ekan, AQShlik olimlar stress kuchayishi bilan unda MEcPP molekulasi ishlab chiqarilishi ortib borishini aniqladilar. Bu “signal” molekulasi boʻlib, uning konsentratsiyasining meʻyordan oshishi salitsil kislotasining sintezini qoʻzgʻatadi. Olimlar ushbu mexanizmni nazorat ostiga olishlari va stressga duchor boʻlgunga qadar oʻsimliklarni qanday qilib “davolashni” oʻrganishlariga umid qilishmoqda. Bu, masalan, ekinlarni noqulay iqlim sharoitidan himoya qiladi, deyiladi techcult.ru saytida.