Yangilik 30.03.2023 68

Toshkent Davlat transport institutida "Ilmmetriya O'zbekiston Respublikasi miqyosida" mavzusidagi o'quv seminari bo'lib o'tdi

✅Joriy yilning, 30 mart kuni ilmiy-texnik axborot markazi Ilmmetriyani rivojlantirish bo'limi boshlig'i Diana Abdumuminova va bo'lim xodimlari, Toshkent Davlat transport institutida xodimlar va talabalar uchun tashkil etilgan "Ilmmetriya O'zbekiston Respublikasi miqyosida" mavzusidagi o'quv seminarida ma'ruza bilan ishtirok etishdi. 

Seminar davomida Markaz xodimlari Scopus, Web of Science ma'lumotlar bazalari haqida batafsil ma'lumot berishdi. Shuningdek, SpringerLink, hamda Proof-reading ilmiy axborot platformasi haqida gapirib o'tishdi. Tadbir so'ngida tinglovchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldilar. 

Markaz xodimlari tomonidan universitet olimlarining nashriyot faoliyati bo'yicha o'tkazilgan Ilmmetrik va bibliometrik tahlillar ham namoyish etildi.

Eslatib o'tamiz, mamlakatimizdagi 228 ta oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalariga "Web of Science" va "Springer Nature" ilmiy resurslaridan 3 yil davomida bepul foydalanish imkoniyati berilgan.