Yangilik 02.05.2023 109

“Texnologiyalarni tijoratlashtirish va startap loyihalarni amalga oshirish” o‘quv dasturiga start berildi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib berdi. So‘zga chiqqan  Jahon banki ishchi guruhi rahbari Janob Yerali Beksultan, MUNIS loyihasi rahbari Dilshod Azgarov, ilmiy loyihalar va biznes-startaplarni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro ekspert Sergey Makarov loyihaning maqsad va vazifalari to‘g‘risida ma’lumotlar berishdi.


Dasturning asosiy maqsadi 2022/2026-yillarda innovatsion rivojlanish strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishish uchun hududlardagi yosh olimlar, tadbirkorlar va o‘z startap g‘oyalariga ega yoshlarni loyihalarini amalga oshirishda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, hamda texnologiyalarni tijoratlashtirishda ularni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Loyiha, shuningdek, MUNIS loyihasining kichik tarkibiy qismlari uchun maqsadli auditoriyani kengaytirishga yordam beradi

Loyiha 2023-yilning may oyida boshlanib 8 oy davomida 12 ta viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkaziladi. Loyiha doirasida treninglar tashkil etilib, O‘zbekistonning barcha hududlarida bepul interaktiv seminarlar xalqaro ekspert Sergey Makarov ishtirokida o‘tkaziladi va quyidagi mavzularni qamrab oladi:

  • R&D tijoratlashtirish tamoyillari;
  • Istiqbolli innovatsion mahsulotlarni aniqlash;
  • Mahsulotni ishlab chiqish (kelajakdagi mahsulot xususiyatlarida Kano modelidan foydalanish);
  • Mijozlarni topish va yangi korxonalar (Lean usullaridan biri - mijozlarning ehtiyojlarini “sifat uyi” tamoyili asosida R&D shakllantirish);
  • IM identifikatsiya va erta baholash;
  • Tadqiqotchilarning texnologik brokerlar, tadbirkorlar, investorlar bilan o‘zaro ta’siri; tuzoqlardan qochib sherikchilik qurish;
  • Biznes akseleratorlar va erta bosqichdagi VC investitsiyalari: R&D tizimidagi insonlar nimani bilishlari kerak;
  • Global rivojlanish: nimani kutish va nimadan uzoqlashish kerak;
  • Ushbu loyiha fan, ta’lim va innovatsiyalar sohalarini rivojlantirishga hizmat qilib, mamlakatning demografik salohiyatini ochib berishga qaratilgan va amalda sinovdan o‘tib yo‘lga qo‘yilgan dasturdan iborat bo‘ladi.

Manba: Axborot xizmati