Bugun, 16-may kuni Jahon banki tomonidan Oʻzbekistonga investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash hamda ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalarni tijoratlashtirish loyihasi va Ilmiy-texnik axborot markazi hamkorlik doirasida seminar tashkil etildi.
Seminarni Rossiyaning birinchi Prezidenti B.N.Yelsin nomidagi Ural Federal universitetining Ilmmetriya laboratoriya mudiri M.A. Akoyev olib bordi. Seminarda oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalarining xalqaro bazalar boʻyicha masʼul xodimlari onlayn va oflayn tarzda ishtirok etishdi. M.A.Akoyev trening davomida Web of Science xalqaro maʼlumotlar bazasi va uning vositalaridan foydalanish masalalari haqida maʼlumotlar berdi. Shuningdek, mutaxassis Web of Science vositalari bilan tashkilot profilining chuqur tahlilini oʻtkazish va maʼlumotlar bazasidan foydalanishdagi kamchiliklarni aniqlash boʻyicha amaliyotlarni boʻlishdi. Masʼullarga maʼlumotlar bazasidan toʻgʻri foydalanish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Seminar soʻngida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdi.