✅ Joriy yilning 4- sentyabr kuni Ilmiy-texnik axborot markazi Ilmmetriyani rivojlantirish boʻlimi boshligʻi D.Abdumuminova Qoraqalpog'iston Respublikasidagi OTM va ITM doktorantlari, izlanuvchilar, olim va tadqiqotchilar uchun "Web of Science, Springer Nature, Scopus xalqaro ma'lumotlar bazalaridan foydalanish" bo'yicha o'quv seminarda ma'ruza o'tkazdi.
Ma'ruza 2 sessiyadan tashkil topib,
1-sessiya Qoraqalpoq davlat universitetida, 2-sessiya Qoraqalpoq Fanlar akademiyasida bo'lib o'tdi.
Seminar interaktiv muloqot formatida o'tkazilib, uning natijasida barcha ishtirokchilar ilmiy ma'lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Maʼruza davomida Scopus, Web of Science maʼlumotlar bazalari, shuningdek SpringerLink, Proof-reading ilmiy axborot platformalari haqida maʼlumotlar berildi.Tingluvchilar bilan Scival va InCites ilmmetrik vositalaridan foydalanish usullari, muallif va tashkilot profilini yaratishning mansubligi masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Seminar davomida ishtirokchilar xalqaro bazalarda ro'yxatdan o'tish bo‘yicha ko'rsatmalar berildi va a'zo qilindi. So'ngida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdi.