Uchrashuv davomida tomonlar Ilmmetriya sohasida universitet xodimlarining malakasini oshirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
Shundan so'ng universitet doktorantlari va ilmiy faoliyat yurituvchi xodimlar uchun seminar o'tkazildi. Seminarda ilmiy tadqiqotlarda olimlarning roli, ijtimoiy-gumanitar sohada olimlarning nashriyot faolligini oshirish, mamlakatimiz olimlaridan iqtibos keltirish, O‘zbekiston olimlari o‘rtasidagi hamkorlik sohasini kengaytirish masalalari bo'yicha ma'ruza qilindi.
Seminar so'ngida barcha doktorantlar xalqaro ma’lumotlar bazalarida muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazildi. Shuningdek, ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdi.