Yangilik 02.10.2023 219

🌐Belgiya 2024-yilda toza energiya ishlab chiqarish uchun sunʼiy orol qurishni boshlaydi

Mamlakat hukumati Belgiya elektr tarmoqlarini boshqaruvchi Elia kompaniyalar guruhiga tegishli ekologik ruxsatnomani taqdim etdi. Hozirda beton asosni qurish ishlari allaqachon boshlangan.

Taxminan 5,5 gektar maydonni egallagan sunʼiy orol Belgiya valiahd malikasi Yelizaveta sharafiga nomlanadi. Kompaniyaning taʼkidlashicha, bunday loyiha dunyoda birinchi marta amalga oshirilmoqda. Elia tabiiy xususiyatlarni inobatga olgan holda orol yil oxirigacha yakuniy dizaynni taqdim etishga vaʼda bermoqda.

Orol Belgiya qirgʻogʻidan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan boʻlib, dengizdagi shamol elektr stansiyalari Belgiyaning quruqlikdagi elektr tarmogʻi bilan bogʻlaydigan energiya markaziga aylanishi kerak. Shuningdek, u Buyuk Britaniya va Daniya elektr taʼminoti tizimlariga ulanish uchun tarqatish stansiyalari bilan jihozlanadi. Dengizdagi Orol atrofida shamol turbinalari oʻrnatiladi.

Energetika oroli 2025-yilda yopilishi rejalashtirilgan atom elektr stansiyalariga muqobil sifatida koʻrib chiqilgan. Ammo keyinchalik Belgiya hukumati baʼzi atom reaktorlarining ishlash muddatini uzaytirishga qaror qildi. Loyiha 2026-yilda ishga tushirilishi va 2030-yilga borib mamlakatda isteʼmol qilinadigan barcha energiyaning 30 foizini Shimoliy dengizda ishlab chiqarishi rejalashtirilgan.

Manba: Elia