Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan yoshlarni startap loyihalari hamda tegishli tanlovlar haqida xabardor qilish, tanlovlarda ishtirok etishdagi muammo va qiyinchiliklarni bartaraf etish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etish maqsadida “Innovate & Launch: Startup Workshop” forumi tashkil etilmoqda. Forum davomida trening oʻtkazish va tadbir soʻngida ekspertlar ishtirokida savol-javob formatida davra suhbati tashkil etish rejalashtirilgan.
📆 12-avgust
⏰ 10:00
🌎 Format: offlayn
📍 Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani Universitet koʻchasi 7-uy, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosi.
‼️Forumda ishtirok etish uchun quyida keltirilgan havola orqali roʻyxatdan oʻtishingizni soʻrab qolamiz: https://docs.google.com/spreadsheets/d/1OL_Th1ko2n44smte0MGwk4gtoX-tNfMysqtJufS-Gc0/edit?usp=sharing