Yangilik 19.07.2024 5

Iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi 2024/25-o‘quv yili uchun “Mirzo Ulugʻbek vorislari” oʻquv kursiga qabul e’lon qiladi.

📌 Mazkur oʻquv kurslariga joriy yilda davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi 2-kursini bitirib, uchinchi kursiga o‘tgan, akademik qarzdorligi bo‘lmagan talabalar saralash asosida qabul qilinadi.

📌 Tanlov saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar uchun o‘qish davomida bazaviy hisoblash miqdorining 4-baravari miqdorida har oy rag‘batlantirib boriladi, hamda zamonaviy noutbuk taqdim etiladi.

Aziz talaba-yoshlar “Mirzo Ulug‘bek vorislari” o‘quv kurslariga 2024-yilning 15-avgustiga qadar https://dscience.uz/ orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga egasiz.

👍 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!