✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Innovatsion biznes IT taʼlim ekotizimini tashkil etish" loyihasi doirasida 5 nafar TATU va uning hududiy filiallari bitiruvchilari Janubiy Koreyaning KOOKMIN universitetida to‘liq grant asosida magistratura bosqichida ta’lim olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Ushbu grant o‘z ichiga talabalarning barcha o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplaydi.
O‘tkazilgan tanlov g‘oliblariga Grant mukofoti sertifikatini shaxsan TATU rektori B.Maxkamov topshirdi va egallagan bilimlari asosida kelajakda yurtimiz rivojiga hissa qo‘shishlariga ishonch bildirdi.