Suhbat avvalida elchi xonim O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida fan, texnika va innovatsiyalar bo‘yicha qo‘yi qo‘mitalar yig‘ilishlari muvaffaqiyatli o‘tkazilganligi bilan tabrikladi va ikki tomon o‘rtasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston Respublikasi hududida koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilishdi. I.Abdurahmonov ushbu yo‘nalishda Xitoyning “Anhui Zhifei Longcom” kompaniyasi bilan muzokaralar olib borilayotganligini hamda ushbu kompaniya vakillarining ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan tanishish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilayotganligini ma’lum qildi. O‘z o‘rnida, Xitoy elchixonasidan ushbu loyihani amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha fikr almashishdi.
Shu bilan birga, Innovatsion rivojlanish vaziri elchi xonimdan Navoiy viloyatida dorivor moddalar sintez qilish bo‘yicha O‘zbekiston–Xitoy tibbiyot texnologiyalari parkini yaratish loyihasini tezlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatishni so‘radi. Loyiha 10 mln. AQSH dollari miqdorida Xitoy tomonidan investitsiya kiritilishini ko‘zda tutgan bo‘lib, hozirda ushbu moliyaviy mablag‘larni kiritilishida va qurilish ishlarini boshlashda kechikishlar yuzaga kelmoqda.
Elchi xonim vazir tomonidan berilgan takliflarni o‘rganib chiqishini bildirdi va tomonlar tez orada ushbu yo‘nalishlarda ijobiy natijalarga erishishiga ishonch bildirdi.