Yangilik 24.06.2021 183

Innovatsion rivojlanish vazirligi joriy yil 1-yarim yillikda investitsiya rejasini 4 baravar ortigʻi bilan bajardi

Jumladan: 

- manzilli roʻyxatga kiritilgan 60,0 mln. AQSH dollarlik 2 ta

- qoʻshimcha 80,7 mln. AQSH dollarlik 13 ta

- Yashnobod texnoparkining 31,4 mln. AQSH dollarlik 10 ta loyihalari amalga oshirilmoqda. 

Loyihalar yakuni boʻyicha 79 turdagi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi, 963 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etiladi hamda 1,1 mln. AQSH dollarlik mahsulotlar eksport qilinadi. 

Oʻzlashtirilgan har bir milliard investitsiyaga oʻrtacha 9 ta ishchi oʻrin tashkil etilishi kutilmoqda. Joriy yilning 1-yarim yilligida barcha loyihalar boʻyicha 4,3 mln. AQSH dollari jalb qilindi va Oʻzbekiston Respublikasining 2021-2023-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturida belgilangan reja qariyb 4 baravar ortigʻi bilan bajarildi

Vazirlik tomonidan 2018-2020-yillarda 39 ta investitsiya loyihalari doirasida jami 33,7 mln. dollar investitsiya mablagʻlari oʻzlashtirilgan. Jumladan, 2019 yilda 15,1 mln. AQSH dollari oʻzlashtirilgan boʻlib, 47 turdagi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi, 220 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etildi hamda 886,7 ming AQSH dollarlik mahsulotlar eksport qilindi

“China-Uzbekistan Medicine Technical Park” MCHJning “Dorivor vositalarni sintez qilish boʻyicha oʻzbek-xitoy tibbiy texnologik parkni tashkil qilish” loyihasi – 2 mln. AQSH dollari; ”NOVOL ASIA“ korxonasining “Innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda shpatlevka va poliefir smolani ishlab chiqarish.” loyihasi - 1,5 mln. AQSH dollari; “Maya International Infrastructure” korxonasining «Shahar magistral tizimlarini taʼmirlash ishlari boʻyicha innovatsion texnologiyasini transfer qilish ” loyihasi – 200,0 ming AQSH dollar va boshqalar. 

2020 yilda 18,6 mln. AQSH dollari oʻzlashtirilgan boʻlib, 74 turdagi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi, 347 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etildi hamda 1,4 mln. AQSH dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. 

“Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston” korxonasining “Texnobus” loyihasi – 75 ming AQSH dollari; “CHIRANA ASIA” korxonasining “Yuqori texnologik tibbiy uskunalarni ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi” loyihasi - 2,2 mln. AQSH dollari; “Jahon Banki” ishtirokida “Ilm-fanni tijoratlashtirish” loyihasi – 250 ming AQSH dollari; “Poly Tex Sirdaryo” korxonasining “Oʻzbekiston Respublikasida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda ip kalava ishlab chiqarish tekstil fabrikasi faoliyatini tashkil etish” loyihasi - 6,5 mln. AQSH dollari va boshqalar. 

I. Manzilli dasturga kiritilgan loyihalar 

Joriy yilning 1-yarim yilligida manzilli roʻyxatga kiritilgan 2 ta investitsiya loyihasi boʻyicha 1,1 mln. AQSH dollari jalb qilish prognoz qilingan boʻlib, haqiqatda ushbu koʻrsatkich 1,5 mln. AQSH dollarini yoki rejaga nisbatan 136 foizni tashkil etdi

II. Qoʻshimcha loyihalar 

Vazirlik tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligida 13 ta qoʻshimcha investitsiya loyihalari boʻyicha 2,1 mln. AQSH dollari jalb qilindi. Xususan, 

1. “Poly Tex Sirdaryo” MCHJning qiymati 24,0 mln. AQSH dollarlik “Oʻzbekiston Respublikasida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda ip kalava ishlab chiqarish tekstil fabrikasi faoliyatini tashkil etish” loyihasi boʻyicha 2021-yil I-yarim yillik yakunlariga koʻra 1,9 mln. AQSH dollari jalb qilindi; 

2. “Maya International Infrastructure” QK MCHJning qiymati 2,0 mln. AQSH dollarlik “Shahar magistral tizimlarini taʼmirlash ishlari boʻyicha innovatsion texnologiyasini transfer qilish” loyihasi boʻyicha joriy yilning I-yarim yilligida 150,0 ming AQSH dollari jalb qilindi; 

3. “Medical Manufacture Center” MCHJning qiymati 369,0 ming AQSH dollarlik “Innovatsion texnologiyalarni qoʻllagan xolda tibbiyotda qoʻllaniladigan tibbiy uskunalar va implantlarni mahalliy ishlab chiqarish” loyihasi boʻyicha joriy yilning I-yarim yilligida 20,0 ming AQSH dollari jalb qilindi. 

III. Yashnobod texnoparki loyihalar 

Yashnobod texnoparki rezidentlari tomonidan umumiy qiymati 31,4 mln. AQSH dollarlik 10 ta investitsiya loyihasi boʻyicha hisobot davrida 0,8 mln. AQSH dollari jalb qilindi. Yashnobod texnoparki rezidentlari tomonidan joriy yilda jami 1,1 mln. AQSH dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Xususan, 

- “Arhat Inks” MCHJ tomonidan 255,0 ming AQSH dollariga teng fleksografik boʻyoq;

 - “Polymer Pigments” MCHJ tomonidan 848,6 ming AQSH dollariga teng polimer-kompozitsion materiallar qoʻshni mamlakatlar bozorlariga yetkazib berildi. 

IV. Tashqi begʻaraz koʻmak va grant mablagʻlari 

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari hisobiga 2021–2023-yillarda jami 29,7 mln. AQSH dollarlik 21 ta loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. 

Joriy yilning I-yarim yilligida tashqi begʻaraz koʻmak loyihalari doirasida 1,07 mln. AQSH dollari jalb qilindi. 

“Islom taraqqiyot banki” tomonidan amalga oshirilayotgan «Oʻzbekistonda fan, texnologiyalar va innovatsiyalarning inklyuziv tizimini mustahkamlash» loyihasi doirasida 25,9 ming AQSH dollari jalb qilingan boʻlsa, Xitoyning “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutica” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan “COVID-19 qarshi vaksinani uchinchi klinik tadqiqotlarini oʻtkazish» loyihasi doirasida 1,04 mln. AQSH dollari jalb qilindi. 

V. Xorijiy ilmiy hamkorlik doirasida jalb qilinayotgan investitsiyalar 

Xalqaro qoʻshma ilmiy loyihalar doirasida xorijiy davlatlarning jami 10,0 mln. AQSH dollari jalb qilindi. Jumladan, 

- Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma loyihalari doirasida 0,6 mln.AQSH dollari; 

- Oʻzbekiston-Belarus qoʻshma loyihalari doirasida 0,8 mln. AQSH dollari; 

- Oʻzbekiston-Turkiya qoʻshma loyihalari doirasida 0,4 mln. AQSH dollari; 

- Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma loyihalari doirasida 1,9 mln. AQSH dollari; 

- Oʻzbekiston-Hindiston qoʻshma loyihalari doirasida 2,7 mln. AQSH dollari; 

- Oʻzbekiston-Germaniya qoʻshma loyihalari doirasida 2,0 mln. Yevro; 

- Oʻzbekiston-Vengriya qoʻshma loyihalari doirasida 1,0 mln. Yevrolik loyihalarni amalga oshirish boshlandi. 

VI. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boʻyicha. 

Fanlar akademiyasi tomonidan 2021-yilda manzilli roʻyxatga kiritilgan 3,3 mln. AQSH dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda. Joriy yil yakuni boʻyicha ajratilgan mablagʻlar toʻliq oʻzlashtirilishi rejalashtirilgan. 

Bundan tashqari, Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalar tomonidan umumiy qiymati 2,07 mln. AQSH dollarlik mahsulotlar eksport qilingan.