"O‘zbekiston Milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish" loyihasining "Ilmiy tadqiqot va tijoratlashtirish sifatini oshirish" 1-komponenti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi joriy yilning oktabr oyida “Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish” dasturi bo‘yicha ilmiy tadqiqot grantlari uchun tanlov e’lon qilinishini ma’lum qiladi hamda ilmiy hamjamiyatdan ushbu tanlovga tayyorlanib, unda ishtirok etishni so‘raydi.
Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish dasturi tadqiqotchilar tomonidan taqdim etiladigan tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan “Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish dasturi” mahalliy va xalqaro tadqiqotchilarning (jumladan, chet eldagi o‘zbek olimlarining) qo‘shma tadqiqot takliflarini, yosh tadqiqotchilarning mamlakatni kelajakdagi tadqiqot salohiyatini yanada boyitishga qaratilgan takliflarini maqullaydi.Tanlov ikki asosiy mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi, bularga: (I) ilmiy yutuqlar nuqtai nazaridan beriladigan takliflar va (II) ijtimoiy yoki iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan hamda ayrim ijtimoiy muammolarni hal qilishga xizmat qiladigan takliflar kiradi.
Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish dasturi ikki turdagi grantlarni taqdim etadi: (I) yosh olimlar uchun ajratiladigan grantlar (Junior research grant) hamda (II) katta ilmiy xodimlar uchun ajratiladigan grantlar (Senior research grant). Grantlar mos ravishda $200 000 va $600 000 ming AQSh dollari ekvivalentida, har bir tadqiqot guruhi uchun 24 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga ajratiladi. Qo‘shma xalqaro loyihalarga qo‘shimcha muddat berilishi mumkin. Dastur shuningdek, mamlakat talablariga javob beradigan xalqaro tadqiqot fondlariga ariza berish uchun zarur bo‘lgan dastlabki tadqiqotlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
Tanlov qayta tiklanuvchi energiya (renewable energy), energiya samaradorligini oshirish (energy efficiency), past uglerodli texnologiyalar (low-carbon technologies), biotexnologiyalar (biotechnologies), tibbiyot va sog‘liqni saqlash (medicine and healthcare), qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat (agriculture and food), sun’iy intellekt (artificial intelligence), AKT (ICT) va boshqa ilmiy
va texnologik rivojlanishga qaratilgan loyihalarni jalb qilish uchun amalga oshirilishi kutilmoqda.
Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish dasturi doirasida taqdim etilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun tanlovni nufuzli olimlardan hamda venchur moliyalashtirish, tadbirkorlik va siyosat, ilm-fan, texnologiya va innovatsiya sohalaridagi tajribali mutaxassislardan tashkil topgan Xalqaro ekspertlar kengashi amalga oshiradi.
Loyihalar wbgrants.mininnovation.uz portalida ingliz tilida qabul qilinadi. Belgilangan talablar, dasturlar, jarayonlar arizalar qabul qilish boshlangan kundan ko‘rsatib o‘tilgan internet resursda elon qilinadi.
Barcha savollar yuzasidan Loyihani amalga oshirish guruhiga murojaat qilishingiz mumkin (tel: +99897 170 67 84; e-mail: munis@mininnovation.uz).