Yangilik 28.09.2021 512

“Boʻlajak olim” tanlovining 14 nafar gʻolibi bilan tanishing

 

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Boʻlajak olim” tanlovi gʻoliblarini eʼlon qilishni davom etamiz. Vazirlik Hayʼatining qaroriga muvofiq yana 14 nafar ilmiy gʻoya mualliflarini ragʻbatlantirilishi tasdiqlandi. Tanlov ikki bosqichda oʻtkazildi. Iqtidorli yoshlarning tanlovga taqdim etilgan aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari koʻrsatilgan ilmiy gʻoyalari Yoshlar akademiyasi tomonidan koʻrib chiqildi. 1-bosqich natijalari boʻyicha tanlovning 2-bosqichida ishtirok etadigan talabgorlar toʻgʻrisida yigʻma roʻyxat shakllantiriladi. 2-bosqichda talabgorlar oʻz ilmiy gʻoyalarini Tanlov komissiyasi oldida taqdimot (prezentatsiya) koʻrinishida himoyasini oʻtkazdilar. Taqdimot himoyasida talabgorlar ilmiy gʻoyani qisqa, loʻnda va asoslangan holda ochib berishi hamda puxta tayyorgarlik koʻrgan holda ishtirok etishlari talab etildi. Kamida 50 ball toʻplagan ilmiy gʻoyalar Tanlov komissiyasi qarori bilan gʻolib deb topildi. Tanlov davom etmoqda.

“Boʻlajak olim” tanlovi natijalariga koʻra ragʻbatlantirilishi tasdiqlangan ilmiy gʻoyalar roʻyxati

T/rIlmiy gʻoya nomiIlmiy gʻoya muallifiIlmiy gʻoya asosida maket/prototip yaratish muddati

Tavsiya etilgan mablagʻ

(mingsoʻm)

1.       Tarkibida azot, fosfor (NP) va rux mikro elementi tutgan suyuq holdagi oʻgʻitlar olish texnologiyasini ishlab chiqish

Akramjonov Asqarxoʻja

Akbarxoʻja oʻgʻli,
Fargʻona viloyati

12 oy84 670,0
2.       Shakar oʻrnini bosuvchi moddalar asosida qonda giperglikemiya chaqirmaydigan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish (“Sugar Free” loyihasi)

Axmedova Gulsara

Bahodir qizi,
Toshkent shahri

12 oy86 005,0
3.       VR texnologiyasi asosida odam anatomiyasini oʻrganish

Azizov Lutfulla

Hamidulla oʻgʻli,

Toshkent shahri

12 oy80 000,0
4.       Podshipnik xalqa materialini mahalliy sharoitda olish

Baymirzayev Akbarjon

Rustamjon oʻgʻli,

Andijon viloyati

12 oy86 790,0
5.       Talabalar turar joyi xonalarining onlayn taqsimoti

Bekmirzayev Shohruhbek

Olimjon oʻgʻli,
Toshkent shahri

12 oy55 000,0
6.       Qizilqum fosforitlarini kimyoviy faollashtirish orqali ammoniy selitraga qoʻshish natijasida,fizik-kimyoviy xossalari nisbatdan yuqori boʻlgan ammoniy selitra ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish

Fatilloyev Shamshod

Fayzullo oʻgʻli,
Buxoro viloyati

6 oy84 002,0
7.       Soʻzlashuvchi qoʻlqoplar
(“Talk Hand”)

Fayziyeva Malika

Alisher qizi,
Toshkent shahri

12 oy88 260,0
8.       Kombinatsiyalashgan quyosh chuchitgich-quritgich qurilmasi

Fayziyev Shaxobiddin

Shavkatovich,
Buxoro viloyati

12 oy85 000,0
9.       Oʻzbek tasviriy sanʻatining qadimiy va noyob namunalarini animatsion usulda targʻib qilish

Haydarova Nigora

Tohirjonovna,

Toshkent shahri

6 oy40 000,0
10.   Smart suv oʻlchash qurilmasiMoʻydinjonov Ikromjon
Ilxomjon oʻgʻli,
Fargʻona viloyati
8 oy21 490,0
11.   Ildizmevali ekinlarni qazgich ishchi organini ishlab chiqish

Karimov Akmal

Akbarovich,

Qashqadaryo viloyati

10 oy38 200,0
12.   Qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga
qarshi kurashda yangi raqamlashtirilgan kurash tizimi

Karimov Ravshan

Asqar oʻgʻli,
Navoiy viloyati

12 oy88 000,0
13.   Nikel kirishma atomlari nanoklasterlariga ega yangi turdagi effektivligi yuqori fotoelement olish

Kenjayev Zoir

Toxir oʻgʻli,
Toshkent shahri

12 oy87 880,0
14.   Vacum Pump

Mamatov Valijon

Ikrom oʻgʻli,
Navoiy viloyati

12 oy47 300,0