Yangilik 17.10.2021 214

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi bilan Ural federal universiteti (UrFU) o'rtasida onlayn uchrashuv oʻtkazildi

Joriy yilning 18-oktyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi (Markaz) hamda Rossiya Federatsiyasining Birinchi Prezidenti B.N.Yelsin nomidagi Ural federal universiteti (UrFU) bilan hamkorlikda onlayn uchrashuv oʻtkazildi.

UrFUning ilmiy faoliyatini rivojlantirish va xalqaro muvofiqlashtirish boʻyicha loyihalar boʻlimi direktori muovini M.O.Guzikova universitetining ilmiy faoliyat yoʻnalishlari va ularni ilmiy-texnik axborotlar bilan qoʻllab-quvvatlash masalalari, shuningdek, xorijiy va Rossiya ilmiy nashrlarni tahlil qilish vositalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtdi. Suhbat davomida Markaz direktori A.A.Abduvaliyev, hamda markaz sektor mudiri I.Karimjonov Markazda xorijiy ilmiy bazalar boʻyicha amalga oshirilayotgan tahlillar tizimi va metodologiyasi toʻgʻrisida maʼlumot berishdi.

Muhokamalar soʻngida, UrFU universiteti “Ilmmetriya laboratoriyasi” ilmiy laboratoriya boshligʻi M.A.Akoyev Milliy ilmiy-texnik axborot tizimlarini ishlab chiqish,  eng yangi axborot-telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali axborot resurslariga yuqori tezlikda kirish mexanizmlarini yaratish va qoʻllash boʻyicha, hamda, davlatlararo ilmiy-texnikaviy loyihalar va dasturlar doirasida ilmiy axborot taʼminoti va axborot-tahliliy koʻmak berish borasida kelishib olishdi.

Kelgusida UrFU tomomonidan davlatimizning ilmiy-texnik yoʻnalishlari rivoji yoʻlida axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, ilmiy-texnik axborot sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyilishiga kelishib olindi.