Yangilik 15.11.2021 158

Innovatsion rivojlanish vazirligining raqamli transformatsiyasining konsepsiyasi va funksional arxitekturasining rivojlantirish rejasi taqdim etildi

Innovatsion rivojlanish vazirligining raqamli transformatsiyasining konsepsiyasi va funksional arxitekturasining rivojlantirish rejasi taqdim etildi

Mazkur rejani amalga oshirish maqsadida joriy yilning 16-noyabridan vazirlik va Jahon bankining “Milliy innovatsion tizimni modernizatsiya qilish” loyihasining 3-komponenti doirasida maxsus biznes-tahlilchi jalb etildi.

Shartnomaga binoan, biznes-tahlilchi 2 oy davomida quyidagi vazifalarni:
1.  Vazirlikning joriy biznes-jarayonlarini, jumladan, tarkibiy boʻlinmalar va quyi tashkilotlarning vazifa va funksiyalarini tahlil qilish, boʻshliqlar va operatsion samaradorlik cheklovlari va toʻsiqlarni aniqlash; mavjud IT infratuzilmasini tahlil qilish, maʼlumotlarni boshqarish siyosati, kiberxavfsizlik va boshqalar.
2.  Konsepsiyani ishlab chiqish, jumladan, boʻshliqlar tahlili, biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish, yagona raqamli platformani joriy etish va boshqa davlat organlarining tegishli AT-tizimlari bilan integratsiyalashuv, maʼlumotlarni boshqarish siyosatiga oʻzgartirishlar kiritish, ularni tahlil qilish uchun tegishli raqamli vositalardan foydalanish, xodimlarning IT-koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar; AT infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha tavsiyalar, shu va boshqalarni amalga oshiradi

Amalga oshirilgan ishlar yakunlari boʻyicha vazirlikning raqamli transformatsiyaning yakuniy konsepsiyasi va funksional arxitekturasi 2022-yilga moʻljallangan aniq chora-tadbirlar rejasi (yoʻl xaritasi) taqdim etiladi.