Yangilik 09.12.2021 159

Belgradda havo ifloslanishiga qarshi kurashish maqsadida innovatsion vosita - “suyuq daraxt” joriy qilindi

Serbiyadagi “Suyuq daraxt” nomi bilan ataluvchi birinchi shahar fotobioreaktori  issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va havo sifatini yaxshilash uchun yechimlardan biri sifatida yo'lga qo'yildi.
Tizim olti yuz litr suvni oʻz ichiga oladi va karbonat angidridni hosil qiladi, hamda, fotosintez orqali sof kislorod olish uchun mikroalglardan foydalanadi.

Belgrad universiteti qoshidagi fanlararo tadqiqotlar instituti loyihasi mualliflaridan biri doktor Ivan Spasojevichning soʻzlariga koʻra, Mikroalglar ikkita 10 yoshli daraxtning yoki 200 kvadrat metrli maysazor maydonning oʻrnini bosadi. Tizim daraxtlar va oʻtlar singari fotosintez qiladi va karbonat angidridni yuzaga keltiradi.Mikroalglarning afzalligi shundaki, ular daraxtlardan 10-50-marta samaraliroq.
“Bizning maqsadimiz texnologi orqali oʻrmonlarni almashtirish emas, balki shaharning daraxt ekish imkoni boʻlmagan qismlarini toʻldirish uchun ushbu tizimdan foydalanishdir"-deydi Ivan Spasojevich.
Belgrad yaqin atrofdagi ikkita yirik koʻmir elektr stansiyasi sababli Serbiyadagi eng ifloslangan toʻrtinchi shaharlardan biri.
IQAir World Air Quality Report maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda Serbiya havoning oʻrtacha ifloslanish darajasi PM 2,5 boʻlgan Yevropaning eng ifloslangan mamlakatlari reytingida beshinchi oʻrinni egallagan.

2019-yil dekabr oyida chop etilgan yana bir hisobot ham mamlakatni koʻproq nazorat ostiga olishga sabab boʻldi, chunki olimlar Serbiyada Yevropada aholi jon boshiga ifloslanishdan oʻlim darajasi eng yuqori 100 000 kishiga 175 koʻrsatkichlarni koʻrsatgan.
Shuningdek, mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, Serbiya va Bolqon yarim orolining boshqa qismlarida ifloslanish shunchalik dahshatliki, uni ayniqsa kuz va qishda koʻrish, hidlash va hatto tatib koʻrish mumkin.

Manba: https://bit.ly/3EHzZO0