Yangilik 12.01.2022 244

Yevropa-Oʻzbekiston Iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi bilan aloqalar mustahkamlanmoqda

Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova Yevropa-Oʻzbekiston Iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi Bosh kotibi Oybek Shayxov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston va Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik darajasi va uni rivojlantirish istiqbollari, shu jumladan, Oʻzbekistonga biotexnologiyalar, neft-gaz va elektr energetikasi yoʻnalishidagi kichik va oʻrta biznes vakillarini jalb etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Suhbat soʻngida Yevropa tajribasi va texnologiyalarini transfer qilish, Yevropa Ittifoqining turli dasturlarida ishtirok etish hamda boshqa ilm-fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.

 

Manba: https://mininnovation.uz/news/post-306