Yangilik 01.02.2022 177

Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti olimlari yangi vaktsina va diagnostikum yaratdi

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining muvofiqlashtiruvchi roli bilan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlash, shuningdek, ilg'or biotexnologiyalarni joriy etish orqali o'z vazifalarini izchil amalga oshirish bo'yicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida hozirgi kunda 98 nafar xodim bo'lib, ulardan 10 nafari fan doktori, professorlar, 10 nafari fan nomzodlari, 48 nafari ilmiy xodim, 11 nafari doktorantlar bo'lib, 19 nafari esa ilmiy laboratoriyalarda faoliyat olib boradi. Ilmiy xodimlarning o'rtacha yoshi 48 yosh, 35 yoshgacha ilmiy xodimlarning soni 18 tani tashkil etadi. Institut olimlari tomonidan 30 dan ortiq ilmiy ishlanmalar tayyorlangan, oxirgi yillarda 10 dan ortiq ixtiroga patentlar olingan. 2021 yil yakunida 9 turdagi ilmiy ishlanmalar 144 ta chorva fermer xo'jaliklari bilan shartnomalar asosida 823 mln so'mlik veterinariya preparatlari joriy etilib kelinmoqda. Rossiyaning “Xema» kompaniyasi hamkorligida institut bazasida zamonaviy IFA, PZR reaktsiyalari uchun dagnostikumlar ishlab chiqarish yo'lga quyildi.

Veterinariya ITI tomonidan 2021 yilda O'zbekiston–Rossiya “UNIGEN” MChJ QK kompaniyasi bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan umumiy qiymati 1,4 mlrd. so'm bo'lgan ikkita startap loyiha bajarilmoqda. Shu asosida immunoferment tahlil (IFT) uchun to'plam va reagentlar ishlab chiqarish uchun maydoncha tashkil etilib, bu borada amaliy ishlar boshlandi. Bundan tashqari, hayvonlar kasalliklarini tashxislash va oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini nazorat qilish uchun IFT va ekspress-test tizimlari uchun zamonaviy to'plamlar ishlab chiqarilib, joriy etila boshladi.

Bugungi kunda ishlab chiqarish maydonchasi zarur qimmatbaho asbob-uskunalar bilan to'ldirildi, bunda diagnostik test tizimlari ishlab chiqarishni shu yilning o'zida rejalashtirilib, parallel` ravishda IFT uchun mahalliy to'plamlarni ishlab chiqish bo'yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. O'zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlantirish vazirligining qo'llab-quvvatlashi tufayli o'zbek veterinariya fanida mahalliy, shu jumladan yangi avlod immunobiologik preparatlarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.

Hozirgi kunda mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida Urgut erkin iqtisodiy zonasida chorva hayvonlariga tezkor tashxis qo'yish hamda chorva hayvonlarining pasterellyoz, sal`monellyoz va kolibakterioz kasalliklarini oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqildi va kasalliklarni oldi olinib kelinmoqda.

«Qishloq xo'jalik hayvonlarning kolibakterioz, sal`monellyoz va pasterellyoz kasalliklariga qarshi GOA formol vaktsinani joriy etish» mavzusidagi startap loyiha bo'yicha veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tamonidan yaratilgan ishlanma Urgut iqtisodiy zonasi hududida hamda butun respublika chorvachilik fermer xo'jaliklarida qoramol va qo'ylarda uchraydigan kolibakterioz, sal`monellyoz va pasterellyoz kasalliklarining oldini olish va ularga qarshi kurashish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan mazkur ishlanma ma'qullanib, tijoratlashtirildi. Natijada mazkur vaktsinani ishlab chiqarishni kengaytirish bo'yicha yangi ishlab chiqarish mini-tsexi tashkil etildi. Unda qo'shimcha 5 ta ish o'rinlari yaratilib, ishlab chiqarish 20 foizga oshirildi. Mazkur loyiha 2021 yilning iyul` oyida boshlandi, shu oydan boshlab hozirgi kungacha 210 000 doza, ya'ni 232 mln. so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Vaktsinalar Samarqand viloyati hamda respublikaning barcha chorva fermer xo'jaliklariga etkazib berildi va yuqorida nomlari keltirilgan kasalliklarni oldi olindi, xorijdan keltirilayotgan vaktsinalarga ketayotgan iktisodiy samara tejaldi.

«Hayvonlarning virusli va bakterial kasalliklariga tashxis qo'yish uchun immuno-ferment tahlil (IFT) test-jamlanmalarni ishlab chiqish» loyihasi doirasida, shuningdek, Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan chorva hayvonlarining brutsellyoz kasalligini aniqlovchi diagnostikumlar yaratilib, amaliyotga joriy etildi. Natijada xorijdan olib kelinayotgan zotli mollarni tekshirish uchun «Leykoz IgG –IFA» to'plami yaratildi va 117,0 mln. so'mga sotildi. Bundan tashqari, brutsellyoz kasalligini tezkor aniqlash uchun roz bengal antigen ishlab chiqarish quvvati 20 foizga oshirildi, 9 ta qo'shimcha ish o'rni yaratildi.

 

Alisher Norboev,

Innovatsion rivojlanish vazirligining

Urgut innovatsion hududi bo'yicha mas'uli

 

Manba: https://mininnovation.uz/news/post-350