Yangilik 28.07.2022 92

Olimlar koronavirusdan keyin tiklanishga yordam beradigan trenajyor-maska ishlab chiqishdi

Undan sport mashg'ulotlarida, turli kasalliklar, xususan, COVID-19 dan keyin nafas olish va qon-tomir tizimi faoliyatini tiklash uchun foydalanish mumkin.  

Mazkur niqob plastikdan ishlangan bo'lib, burun va og'izni yopib turadi.

Loyiha universitetning muhandislik markazi xodimlari hamda “Samozdrav” kompaniyasi hamkorligida amalga oshirildi.​

Ishlab chiqaruvchilarning fikriga ko'ra, mazkur niqob nafaqat bronxlar va o'pka kasalliklari, balki miyada qon aylanishi buzilishi, yurak ishemik kasalligi, yuqori qon bosimi va stenokardiya kasalliklarini davolashda ham asqatishi mumkin, deyiladi ria.ru saytida.