Yangilik 29.09.2022 722

“Ipakchilik va to‘qimachilik haftaligi: Ilmiy ishlanma va innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi” haftaligi o‘tkazildi

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidanidan joriy yilning 26-30 sentyabrga qadar “Ipakchilik va to‘qimachilik haftaligi: Ilmiy ishlanma va innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi” xaftaligi o‘tkazildi.

Haftalik davomida O‘zbekistonda ipakchilik va to‘qimachilik sohasida faoliyat yuritayotgan “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi”, “Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti”, “Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi”, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi kabi yirik tashkilotlar, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi sohaviy ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlarning olimlari o‘z innovatsion g‘oya va ishlanmalari, innovatsion mahsulotlar bilan ishtirok etishdi.

Tadbirning birinchi kunida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Turdikulova Shaxlo Utkurovna hozirgi kunda Respublikamizda pillachilik tarmog‘ini samaradorligini oshirish, ipakchilik sanoatini iqtisodiy rivojlantirish bugungi kungi dolzarb vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi deya taʼkidlab o‘tdi. Mamlakatimizda pillachilik tarmog‘i rivojlanishi uchun sohada uzluksiz ravishda innovatsion yondashuv yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, uni izchil joriy etish chora-tadbirlarini va innovatsiya asosida texnik-texnologik jihatdan modernizatsiyalash yo‘nalishlarini ishlab chiqish, pillachilik tarmog‘idagi korxonalar faoliyatini samarali boshqarish ishlari amalga oshirilmoqda,- dedi o'z so'zida vazir o'rinbosari.

Tadbir doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada pillachilik va jun mahulotlari korxonalari: “O‘zto‘qimachilik” sanoat uyushmasi tomonidan ipak dokasi va bintidan qadoqlangan, kumush nanobo‘lakchalari bilan ishlov berilgan salfetkalar, mahalliy zot duragay pillalardan “3A” sinfiga mos xom ipak, qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Yangi seleksion navli paxta xom ashyosini dastlabki qayta ishlash texnologiyasi mahsulotlari, qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan bahor va kuz mavsumlariga mo‘ljallangan ipakdan kostyumbop mato mahsulotlari, mavsumiy matolar to‘qishdan chiqqan tolalarni turli xildagi gulqog‘ozlarga ishlatish mumkin bo‘lgan va yuqori samara beruvchi gulqog‘ozlarni turlari hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti va ilmiy-tadqiqot institutlarning olimlari tomonidan ishlab chiqilgan ipakchilik va to‘qimachilik sohasida qo‘llanilishi mo‘ljallangan ilmiy ishlanmalarning namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

Shu bilan birga ko‘rgazmada olimlarning yangi ilmiy ishlanmalari bilan tanishib, soha mutaxassislari ilmiy-tadqiqot institutlari bilan dastlabki shartnoma va kelishuv xujjatlari yuzasidan muzokaralar olib borildi va innovatsion texnologiyalarni, mahalliy xom ashyolardan foydalangan holda eksport o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni, yaʼni ipakchilik sohasida qo‘llanilayotgan texnologiyalar, uskunalarni olimlar bilan birgalikda ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Ipakchilik va to‘qimachilik sohasida yangi texnologiyalarni joriy qilish uchun shart sharoitlar yaratish yuzasidan Hukumatimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar bo‘yicha Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ipakchilik va to‘qimachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha davomiyligi 2021–2026 yillarga mo‘ljallangan innovatsion va fundamental loyihalar amalga oshirilmoqda.

Haftalik davomida ipakchilik sanoati sohasida fabrika va xususiy tarmoqlarda faoliyat yurituvchi korxonalar tomonidan tayyor mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada yarim tayyor va tayyor ipak mahsulotlari namoyish etildi. “Nelif” atelyesi tomonidan ayol-qizlar uchun tayyor kiyim-kechaklar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, “Nazima ateleer” korxonasi tomonidan kompyuter vishivka ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Tadbir davomida faol ishtirokchilarga sertifikatlar va tashkilotlarga tashakkurnomalar taqdim etildi.