Yangilik 11.10.2022 256

Grant.mininnovation.uz elektron platformasi taqdimoti

Joriy yilning 10 oktabr kuni www.grant.mininnovation.uz elektron platformasi boʼyicha taqdimot boʼlib oʼtdi. Taqdimotni Innovatsion rivojlanish Vaziri Ilmiy kotibi Jahongir Musaev, hamda Ilmiy-texnik axborot markazi xodimlari tomonidan olib borildi. www.grant.mininnovation.uz– ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida amalga oshiriladigan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni (tematik, maqsadli, tashabbuskor) shakllantirish, elektron tarzda qabul qilish, dastlabki texnik, ilmiy hamda moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazish, hisobotini yuritish, monitoring qilish, kalendar reja va shartnomalarni shakllantirishni o‘z ichiga olgan davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformadir. Taqdimot davomida platformaning afzallik jarayonlari, tizimdan loyiha ekspertizasi qaysi bosqichdaligini shaxsiy kabinet orqali ko‘rish hamda barcha maʼlumotlar saqlanib borishi, statistik maʼlumotlar yig‘ib borilishi imkoniyati to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, tizimga  antiplagiat tizimi ham o‘rnatilgan bo‘lib, olimlar o‘z loyihalarini mazkur tizim orqali ham tekshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Taqdimot so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.