Yangilik 24.05.2023 124

“O‘zbekiston Respublikasi “Springer Nature” Milliy obunasini 2023-2025-yillarga ishga tushirish xalqaro ilmiy forumi”

“O‘zbekiston Respublikasi “Springer Nature” Milliy obunasini 2023-2025-yillarga ishga tushirish xalqaro ilmiy forumi” ning ikkinchi, 23 may kuni SpringerLink ilmiy ma’lumotlar bazasi, platformadan foydalanish imkoniyatiga ega universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlari tadqiqotchilarining undan foydalanganlik bo‘yicha statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratildi. Tadbirda Jahon banki ishchi guruh rahbari Y.Beksultan  va “Springer Nature” kompaniyasining rasmiy vakillari oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari xodimlari, ilmiy va ilmiy ommabop jurnallar vakillari uchun ma'lumotlarni taqdim etishdi.


Forumda Springer Nature kompaniyasi 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik natijalari, O‘zbekistondagi foydalanuvchi va nashrlar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar e'lon qilindi.  Mas’ul vakil I.A.Alekseyeva O‘zbekistondagi 210 ta tashkilot uchun 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan obuna haqida aytib o'tdi.


Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdi.