Yangilik 31.07.2023 58

"2O23 KISTEP-ISTIC S&T INNOVATION TRAINING PROGRAMME FOR HIGH LEVEL POLICY MAKERS''

Joriy yilning 25-28 iyul kunlari ilmiy-texnik axborot markazi direktori A.Abduvaliev YUNESKO huzuridagi ISTIC-KISTEP xalqaro tashkilotlari tomonidan Koreyada tashkil etilgan "2O23 KISTEP-ISTIC S&T INNOVATION TRAINING PROGRAMME FOR HIGH LEVEL POLICY MAKERS" o'quv dasturida ishtirok etdi.


O'quv dasturida ilm-fan va innovasiyalar yo'nalishida faoliyat ko'rsatayotgan mamlakatlar jumladan, Malayziya, Eron, Braziliya, Indoneziya, Misr, Hindiston, Tayland va boshqadavlat vakillari ishtirok etishdi.  Dastur davomida ishtirokchi mamlakatlar vakillari tomonidan so'nggi yillarda soha yo'nalishida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha ma'ruza-taqdimotlari amalga oshirildi. Shu qatori Markaz direktori A.Abduvaliyev Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va natijalar bo'yicha taqdimot qildi.


Dastur natijasida Markaz va Koreyaning KISTEP tashkiloti bilan ilm-fan va innovasiyalar yo'nalishida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo'yicha anglashuv memorandumini rasmiylashtirishga erishildi.