Yangilik 07.08.2023 264

Innovatsion hududlar kesimida hududning muammolari yechimiga qaratilgan startap loyihalar ochiq tanlovi

Umumiy maʻlumotlar

Innovatsion hududlar kesimida hududning muammolari yechimiga qaratilgan startap loyihalar ochiq tanlovi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 133-son qarori bilan tasdiqlangan “Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida” nizomda belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi. 

Tanlovda ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamdagi biznes-loyihalarni yaratish va amalga oshirishga qaratilgan arizalar qabul qilinadi. Ular innovatsiyalar va texnologiyalarga asoslanishi shart.

Gʻolib deb topilgan startap loyihani amalga oshirish uchun agentlik tomonidan har bir innovatsion hudud uchun 2 mlrd soʻmgacha miqdorda mablagʻ ajratiladi.

Maqbullik shartlari

  • Tanlovda ishtirok etish uchun startap loyiha tashabbuskori (korxona) – startap loyihani amalga oshirishda agentlikdan soʻralgan mablagʻning eng kamida 30% miqdorida oʻz hisobidan mablagʻ kiritishi kerak;
  • Yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin;
  • Startap loyihani shakllantirishda hududning drayver sohasi doirasida shakllantirilgan boʻlishi lozim;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida innovatsion hududga aylantirilayotgan tuman (shahar)lar hokimining innovatsion rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining tavsiyanomasi olingan boʻlishi kerak;
  • Tanlovda faqat keltirilgan innovatsion hududlardagi innovatsion faoliyat subyektlari ishtirok eta oladi;
  • 1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi mumkin;
  • Startap loyihalar asosida maket va (yoki) prototip, dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning eng koʻp muddati 1 yildan oshmasligi lozim.

Loyihani amalga oshirishda quyidagi omillarni inobatga olish tavsiya etiladi:

  • Atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan va ekologik toza texnologiyalar;
  • Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish;
  • Yashil texnologiyalarga asoslanganlik;
  • Inson salomatligiga zarar yetkazmaslik;
  • Umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos kelish;
  • Texnologiyalarning barqaror rivojlanish omillariga mos kelishi.

Foydali tomonlari

  • Tanlovda qatnashish bepul;
  • Gʻolib deb topilgan startap loyihani amalga oshirish uchun agentlik tomonidan har bir innovatsion hudud uchun 2 mlrd soʻmgacha boʻlgan miqdorda mablagʻ ajratiladi.

Batafsil ushbu havolada.