Joriy yilning 26-27 oktyabr kunlari Markaz xodimlari Surxondaryo viloyatidagi 4 ta universitetida bo'lishdi. Safar davomida xodimlar laboratoriyalar bilan tanishishdi va Markaz tomonidan yo'lga qo'yilgan elektron platformalar, jumladan «O‘zbekistonda mavjud ilmiy-texnik va tadqiqot laboratoriyalarning yagona elektron bazasi», «Milliy ilmiy portal» va «Ilmiy-texnik axborot tizimi» haqida ma'lumotlar berishdi. Shuningdek, ushbu platformalar orqali dolzarb ilmiy yangiliklar bilan tanishib borish, barcha ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlar olib borayotgan ilmiy ishlardan xabardor bo'lish, respublikamizdagi laboratoriya ishlanmalari yuzasidan ma’lumotlarni olish imkoniyatlari haqida ta’kidladilar.