Joriy yilning 3-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, hamda Jahon bankining “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini
modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida “Ilmiy maqolalarni yuqori sifatli jurnallarda bepul chop etish imkoniyatlari va xalqaro maʼlumotlar bazalaridan samarali foydalanish vositalari” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda Ilmiy-texnik axborot markazi Ilmmetriyani rivojlantirish va ilmiy rivojlanishni prognoz qilish departamenti boshligʻi Diana Abdumuminova maʼruza qildi.