Yangilik 05.12.2023 346

“Science Direct” xalqaro ma’lumotlar bazasi milliy obunasiga bag‘ishlangan tadbir

Ertaga, 6-dekabr kuni soat 10:00 da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Science Direct” xalqaro ma’lumotlar bazasi milliy obunasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkaziladi. Unda ekspertlar tomonidan olimning raqamli profili va undan samarali foydalanish imkoniyati boʻyicha amaliy koʻrsatmalar beriladi.

Shuningdek, tadbir doirasida respublikamizning 130 dan ortiq oliy taʼlim hamda ilmiy tadqiqot tashkilotlari uchun xalqaro maʼlumotlar bazasi obunasiga start berish hamda respublikamizning “Scopus” maʼlumotlar bazasida nashr etish boʻyicha eng yuqori natijalarga erishgan tashkilot hamda olimlarni taqdirlash marosimi – “Scopus Awards- 2023” oʻtkaziladi.

Anjumanda qator vazirlik va idoralar vakillari, “Elsevier” kompaniyasining mintaqaviy rahbarlari, oliy ta’lim hamda ilmiy tashkilotlar mas’ullari, shuningdek, 200 ga yaqin ta’lim sohasi mutaxassislari va ekspertlar ishtirok etadi.