Yangilik 12.04.2024 117

JAMIYATNI IJTIMOIY-IQTISODIY TRANSFORMATSIYALASH SHAROITIDA BOZOR VA MULKIY MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISH

2024 yil 3 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazida «Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiyalash sharoitida bozor va mulkiy munosabatlarni rivojlantirish» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Tadqiqotlar markazi tashkil etilganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan.

Konferensiya boshlanishi vaqti: soat 10.00 Toshkent vaqti bilan.

Konferensiya tili: o‘zbek, rus va ingliz

Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:

1.      Davlat mulkini xususiylashtirish – mulkiy munosabatlarni o‘zgartirish, xususiy mulkni rivojlantirish va iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish asosi.

2.      Davlat mulkini samarali boshqarish va davlat aktivlarini transformatsiyalash institutlari va mexanizmlarini rivojlantirish.

3.      Xo‘jalik jamiyatlarida, shu jumladan davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy xalqaro standartlari va ilg‘or amaliyotini joriy etish.

4.      Iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish metodologiyasi va mexanizmlarini, to‘lovga qobiliyatsizlik va bankrotlik tartib-taomillarini takomillashtirish.

5.      Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmlari orqali kapital bozorini, uning infratuzilmasini rivojlantirish va investorlarni jalb qilish.

6.      Ko‘chmas mulk bozorini rivojlantirish, baholash va rieltorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish hamda faoliyat ko‘rsatishini takomillashtirish masalalari.

Mazkur konferensiyada ishtirok etish uchun 2024 yil 1 may sanasiga qadar konferensiya yo‘nalishlari bo‘yicha maqola/tezisni (ilova qilingan shakldagi ariza bilan birgalikda) o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etish lozim.

Konferensiya ishida mahalliy va xorijiy oliy taʼlim muassasalarining o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil tadqiqotchilari va talabalari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodimlari, shuningdek davlat organlari, korxonalar hamda nodavlat tashkilotlarning rahbar xodimlari va mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin. Konferensiyada onlayn rejimida ishtirok etishni xohlovchi shaxslarga oldindan ulanish etish uchun havola yuboriladi.

Konferensiya materiallari to‘plamini nashr etish va tashkiliy ishlarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonlik ishtirokchilar har bir sahifa uchun
30 000 so‘m
miqdorida tashkiliy badal to‘lashlari lozim. Xorijiy mamlakatlardan bo‘lgan ishtirokchilar uchun konferensiyada ishtirok etish bepul.

 

Konferensiya maqola/tezislarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:

·        maqola/tezis konferensiya ilmiy yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga qamrab olgan holda, imloviy xatolarsiz taqdim etilishi lozim;

·        maqola/tezis matni 3-5 betdan oshmasligi lozim;

·        matn muharriri – MS Word;

·        varaq formati – A4 o‘lchovli, kitob shakli, matnning har bir tomonidan –
20 mm;

·        shrift: garnitura – Times New Roman, 14 kegl kattaligida;

·        xatboshi – 1,0 sm, qatorlar oralig‘i – bir interval, tekislash – matn kengligi bo‘yicha;

·        maqola/tezis nomi uning yuqori qismida BOSH HARFLARDA yoziladi, qalin shriftda, tekislash markazdan.

·        bir qatordan keyin o‘ng tomonda muallif maʼlumotlari ko‘rsatiladi (F.I.Sh. (to‘liq), ish joyi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, elektron pochta manzili va mobil telefon raqami). Bir qatordan keyin maqola/tezisning asosiy matni beriladi.

·        jadval va grafiklar MS Excel formatida; rasm va sxemalar MS Word formatida; formulalar MS Equation muharririda;

·        barcha jadval, grafik, rasm va sxemalarning manbasi va izohi keltirilishi shart;

·        adabiyotlar ro‘yxati maqola/tezis oxirida keltiriladi. Foydalanilgan manba va adabiyotlarga havolalar maqola/tezis asosiy matni ichida kvadrat qavslar ichida keltirilishi (masalan, [1]) hamda matnda zikr qilish tartibida joylashtirilishi kerak. Adabiyotlar ro‘yxatining rasmiylashtirilishi GOST 7.0.100-2018 ga muvofiq bo‘lishi kerak.

·        maqola/tezis fayli nomlanishida konferensiyaning tegishli yo‘nalishi raqami va muallif familiyasi lotin harflarda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak (masalan: 1-Saidov.doc).

Maqola/tezis matni tahrir qilingan bo‘lishi va rasmiylashtirishning texnik talablariga qatʼiy mos kelishi kerak. Ushbu talablarga javob bermaydigan va kechikib yuborilgan maqola/tezislar qabul qilinmaydi. Muallif maqola/tezisning mazmuni, matnda foydalanilgan misollar, iqtiboslar va maʼlumotlarning aniqligi va ishonchliligi uchun javobgardir.

Bitta muallifdan faqat bitta yakka tartibda maqola/tezis qabul qilinadi, qolganlari (2 tadan ko‘p bo‘lmagan) hammualliflikda bo‘lishi mumkin. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yakunlari bo‘yicha konferensiya materiallari to‘plami nashr etiladi. Ekspertlardan ijobiy tavsiyalar olgan mualliflarning maqola/tezislari konferensiya materiallari to‘plamida chop etiladi. Konferensiya materiallari to‘plami konferensiya o‘tkazilgandan keyin mualliflarga elektron tarzda yuboriladi.

Maqola/tezislar elektron shaklda quyidagi elektron pochta manzili bo‘yicha: research@davaktiv.uz yoki quyidagi Telegram akkaunt orqali: @Mirakhmad1 (Miraxmad Jalilov) qabul qilinadi.

Tashkiliy badalni o‘tkazish uchun bank karta raqami: 8600 1129 9647 7501 (Ashurov Zufar Abdulloyevich).

Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi manzili: O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 6-uy. Tel.: (99871) 259-21-06.