Yangilik 26.07.2024 6

Women in Tech CCA Awards uchun arizalar qabuli boshlandi!

Har yili bo‘lib o‘tadigan III Women in Tech CCA (Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasi) mukofoti uchun arizalar qabuli boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. Bu nufuzli tadbir ilk bor O‘zbekistonda, 2024-yil 20-oktabrda o‘tkaziladi.

Tadbir haqida
⏰ Sana: 2024-yil 20-oktabr
📍O‘tkazilish joyi: O‘zbekiston, Toshkent
✉️ Ariza topshirish muddati: 2024-yil 31-iyul.

Mukofotlar quyidagi 9 toifadan biri bo‘yicha beriladi:

🏆Aspiring Teen Award;
🏆Most Disruptive Award;
🏆Best Ally Award;
🏆Most Impactful Initiative Award;
🏆Woman in Web3 Award;
🏆Tech Diplomacy Award (Texnologik diplomatiya);
🏆Greentech Start-Up Award;
🏆Global Leadership Award;
🏆Lifetime Achievement Award.
Qanday qilib nomzod ko‘rsatish kerak:
- O‘zingiz yoki boshqa munosib nomzodlarni ko‘rsatishingiz mumkin;
- Nomzodlaringizni topshirish uchun rasmiy veb-saytga tashrif buyuring;
- Roʻyxatdan oʻtish formasida mintaqa va mukofot nominatsiyasi sifatida “Kavkaz va Markaziy Osiyo” bandini tanlang.

Women in Tech CCA Awards mukofotida ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Arizalar 31-iyulgacha qabul qilinadi!

Ariza topshirish shakli va mukofot haqida batafsil ma’lumot quyidagi havolada: https://womenintech-awards.com/cca/