Yangilik 18.09.2024 62

🌐Okean tubida kislorodning ulkan zahiralari aniqlandi

🌐Okean tubida kislorodning ulkan zahiralari aniqlandi

Olimlar Tinch okeani tubida aql bovar qilmas kashfiyotga duch kelishdi: ular, bo'lmasligi kerak bo'lgan 4000 metr chuqurlikda kislorodning ulkan zahiralarini aniqladilar.

Quyosh nuri kirmaydigan, fotosintez sodir bo‘lmaydigan bu tubsizlikda avvallari kislorod imkonsiz deb hisoblangan.

Ma'lum bo'lishicha, "qorong'i kislorod" okeanning 4 km chuqurligida joylashgan g'alati metall birikmalari tomonidan ishlab chiqariladi. Ushbu polimetalik birikmalar kobalt, nikel, mis va marganetsni o'z ichiga oladi va AA batareyalari (1,5V) kabi elektr energiyasini ishlab chiqarish qobiliyatiga ega. Ularning elektr zaryadi elektroliz jarayoni orqali dengiz suvini vodorod va kislorodga ajratadi.

Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, kutilmagan bu kashfiyot Yerdagi hayotning kelib chiqishi haqidagi qabul qilingan nazariyalarni qayta ko‘rib chiqishga majbur qilishi mumkin.