Yangilik 29.08.2025 3

Yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish yuzasidan oʻtkazilgan saralash tanlovlar birinchi bosqich natijalari

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatning tegishli qarorlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash hamda yosh olimlarni ehtiyojiga koʻra yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga (markazlar, universitetlar va boshqalar) qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida eʼlon qilingan maqsadli tanlovlarning birinchi bosqich natijalari eʼlon qilinadi.

Maqsadli tanlovlar shartlarida tavsiya etiladigan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar buyurtmachi tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va umumlashtirilgan holda holda Agentlikka “internship.ilmiy.uz” xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning yagona elektron tizimi orqali taqdim etilishi belgilangan.

Bunda, Agentlik huzuridagi maxsus ekspert guruhining 29-avgust 213-son bayoni qaroriga asosan nomzodlarning maʼlumot (hujjat)lari koʻrib chiqildi va quyidagilar maʼqullandi, jumladan:

“Yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish maqsadida o‘tkazilgan birinchi bosqich tanlovdan o‘tgan, shuningdek, ikkinchi bosqich saralash tanlovida ishtirok etuvchi nomzodlar ro‘yxati” 1-ilovada;

“Yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish maqsadida o‘tkazilgan birinchi bosqich saralash tanlovida rad etilgan nomzodlar ro‘yxati” 2-ilovada;

“Saralash tanlovning ikkinchi bosqichida nomzodlarning taqdimot himoyasini o‘tkazish tartibi” 3-ilovada.

Shunga koʻra, 1-ilovadagi nomzodlar bo‘yicha ikkinchi bosqich saralash tanlovini stajirovka dasturi taqdimot himoyasi joriy yilning 5-23-sentabr kunlarida Agentlik binosida (manzil: 100174, Toshkent sh., Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 7-uy, “Beruniy” metro bekati, 11, 28, 31, 78, 88, 116 yo‘nalishli avtobuslarning “Beruniy” bekati) o‘tkaziladi hamda ro‘yxat bo‘yicha nomzodlar taklif etiladi.

Ma’lumot uchun: nomzodlar ma’lum sabablarga ko‘ra ushbu belgilangan kunlarda taqdimot himoyasini o‘tkazishni imkoni bo‘lmagan taqdirda bu haqida Agentlikni kamida 1 ish kuni oldin (ish joyidan rasmiy xat orqali) xabardor etishlari shart, aks holda taqdimotga kelmadi va ikkinchi bosqichdan o‘tmadi deb hisoblanadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar va ishchi tartibda ishlash uchun Agentlikning mas’ul mutaxassisi Atayeva Hulkar, ish telefoni: (71) 203 32 23 (541).