Innovatsion rivojlanish agentligi (Agentlik) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida yosh olimlarni Turkiyaning “Balikesir” va Vengriyaning “Debrecen” universitetlariga (tibbiyot, veterinariya, texnika, farmatsevtika fanlari bo‘yicha) qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish uchun e’lon qilingan maqsadli tanlovlarning saralash yakuniy natijasini ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi to‘g‘risida” nizom talablariga ko‘ra Agentlik huzuridagi maxsus ekspert guruhining 2025-yil 12-iyundagi 209-son hamda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Kuzatuv kengashining 2025-yil 27-avgustdagi 18-son yig‘ilish bayoni qaroriga muvofiq quyidagi ro‘yxatlar ma’qullandi va tasdiqlandi:
1-ilova.“Turkiyaning “Balikesir” va Vengriyaning “Debrecen” universitetlariga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida e’lon qilingan maqsadli tanlovlarda g‘olib bo‘lgan yosh olimlar ro‘yxati”.
2-ilova. “Turkiyaning “Balikesir” va Vengriyaning “Debrecen” universitetlariga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish rad etilgan yosh olimlar ro‘yxati”.
Shu munosabat bilan, yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish uchun belgilangan tartibda talab etiladigan hujjatlarni kuzatuv (kafolat) xati bilan taqdim etilishini ta’minlashingizni so‘raymiz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar va ishchi tartibda ishlash uchun Agentlikning mas’ul mutaxassisi Atayeva Hulkar, ish telefoni: (71) 203 32 23 (541).