Qirg‘iz Respublikasining Cho‘lpon-Ota shahrida o‘tkazilayotgan III Turkiy davlatlar Universiadasi doirasida dzyudo bahslari yakuniga yetdi.
Ulug‘bek Azizov va Aziz Tashmatov murabbiyligidagi talaba-dzyudochilarimiz musobaqada 4 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza, jami 12 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi. Bizdan bitta oltin medal ko‘p jamg‘argan Qozog‘iston terma jamoasi birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Oltin medal sohiblari:
Kumush medal sohiblari:
Bronza medal sohiblari:
Talaba-yoshlarimizning ushbu yutug‘i mamlakatimiz sport salohiyatining yuksalayotgani, xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori tobora ortib borayotganidan dalolatdir.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi dzyudochi talabalarimizni hamda ularning murabbiylarini samimiy tabriklab, kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaydi.