Avvalroq, Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan yosh olimlarni Malayziyaning “Sultan Idris” universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov e’lon qilingan edi.
Dastlabki bosqichda oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan 109 nafar yosh olimning arizalari internship.ilmiy.uz yagona elektron tizimi orqali qabul qilindi va ko‘rib chiqildi.
Shu kunlarda tanlovning ikkinchi saralash bosqichi o‘tkazilyapti. “Sultan Idris”da stajirovka o‘tash uchun nomzod bo‘lib turgan jami 70 nafar yosh olimning taqdimotlari eshitilmoqda.
G‘olib bo‘lgan 40 nafar yosh olim 2025-yil davomida Malayziyaga 2 oylik muddatga ilmiy stajirovkaga yuboriladi.