Bugun, 09-sentabr kuni Innovatsion rivojlanish agentligida Koreyaning zarbxona va qimmatli qog‘ozlar chop etish korporatsiyasi (KOMSCO) vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Unda tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollari, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida olib borilayotgan islohotlar, ilmiy faoliyatni rivojlantirish jarayonida raqamlashtirishning ahamiyati hamda ilmiy xodimlarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, suhbat davomida Koreyaning ilg‘or tajribalarini O‘zbekistonda joriy etish, davlat xizmatlarida raqamlashtirishni kengaytirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish va bu borada qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, raqamlashtirish yo‘nalishida olimlar faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiluvchi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishdilar.