Innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi oldidan Guliston davlat universitetida Ilmiy ishlanmalar va innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi hamda startaplar ferstivali o‘tkazildi.
Unda universitet olimlari, ilmiy izlanuvchilar va iqtidorli talabalar o‘zlarining so‘nggi ishlanmalari, loyihalari va yangi mahsulotlarini taqdim etishdi. Ko‘rgazma ishtirokchilari tomonidan amaliy jihatdan muhim bo‘lgan qator innovatsion yechimlar namoyish qilindi.
Festivalda loyihalarning amaliy qiymati, rivojlanish istiqbollari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Eng yaxshi loyihalar mualliflariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
“InnoWeek-2025” tadbirlari yoshlarning innovatsion salohiyatini namoyon etish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.