Global innovatsiya indeksi reytingi hisoboti Jahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan Portulans instituti (AQSH), turli korporativ va akademik tarmoq hamda GII maslahat kengashi bilan hamkorlikda tayyorlanib, har yili sentabr oyida e’lon qilinadi. Reyting global tadqiqot va innovatsion rivojlanish bo‘yicha dunyo mamlakatlari faoliyatini baholaydigan yetakchi tadqiqot hisoblanadi hamda 2 ta subindeks va 7 ta yo‘nalish guruhiga birlashtirilgan 80 ga yaqin indikatorni o‘z ichiga oladi.
GIIning 2025-yildagi reytingida Oʻzbekiston 139 ta mamlakat orasida 79-oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston quyi va oʻrta daromad guruhida Vyetnam, Marokash, Mo‘g‘uliston va boshqa 37 ta mamlakat oʻrtasida 7-oʻrin (2024-yilda 10-o‘rin) hamda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida 10 ta mamlakat ichida Hindiston va Erondan keyin 3-oʻrindan (2024-yilda 4-o‘rin) joy oldi.
Reytingda innovatsiyalarga yo‘naltiriladigan sarmoya va resurslar (innovation input) subindeksida 69-o‘rin va innovatsiyalarning natijadorligini (innovation output) subindeksida 92-o‘rinni egalladi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston GII reytingiga ilk bor 2015-yilda qo‘shilgan bo‘lib, 141 ta mamlakat orasida 122-o‘rinni egallagan. Mamlakatimiz 2020-yilda 93-o‘rin, 2021-yilda 86-o‘rin, 2022-yilda 82-o‘rin, 2023-yilda 82-o‘rin va 2024-yilda 132 ta mamlakat orasida 83-o‘rinlardan joy olgan.
Mamlakatlar 2025-yilgi reytingda 78 ta indikator boʻyicha baholandi. Shunga koʻra, Oʻzbekiston uchun 36 ta indikatorda pozitsiya yaxshilandi, 7 tasida 2024-yilgi natija qayd etildi.
Jumladan GII yo‘nalishlarining 4tasida (“inson kapitali va ilmiy tadqiqotlar” +12, “infratuzilma”+1, “bozor rivojlanishi” +4, “bilim va texnologiya mahsullari” +10) pozitsiyalar yaxshilangan bo‘lsa, “boshqaruv institutlar sifati” yo‘nalishida o‘tgan yilgi natija saqlanib qolindi.
2025-yilda GIIda mamlakatimiz pozitsiyasini yaxshilash maqsadida qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Oʻzbekiston maʼlumotlarini toʻlaqonli aks ettirilishini taʼminlash maqsadida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti, Global tadbirkorlik tadqiqot assotsiatsiyasi, Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa xalqaro institutlar vakillari ishtirokida Indeks tarkibiy indikatorlariga tegishli maʼlumotlarni reyting manbalari boʻlgan maʼlumotlar bazalariga oʻz vaqtida va toʻliq yetkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.
Global tadbirkorlik tadqiqot assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda mamlakatimiz uchun “Tadbirkorlik siyosati va madaniyati” va “Startap va skeylaplarni moliyalashtirish” tarkibiy indikatorlarini shakllantirish yuzasidan 36 nafar mahalliy ekspertlar o‘rtasida Global tadbirkorlik monitoring Milliy ekspert soʻrovi oʻtkazildi. Joriy yil reyting natijalariga ko‘ra mazkur indikatorlar bo‘yicha mos ravishda 3-o‘rin va 6-o‘rinlarni egallagan holda jahon miqyosda yuqori natijalar qayd etildi.
Respublikamizning ikki oliy taʼlim muassasasi – Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari Milliy tadqiqot universiteti hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining QS jahon universitetlar reytingidagi natijalari GII reytingida aks ettirilib “QS reytingi bo‘yicha eng yuqori 3talik universitetlarning o‘rtacha bahosi” indikatorida 11 pog‘onaga yaxshilanib 64-o‘ringa ko‘tarildi.
Ma’lumot uchun: “QS World University Rankings 2026” natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning 7 ta oliy ta’lim muassasasi dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi. O‘zbekiston ushbu reytingda ilk bor ishtirok etgan universitetlar soni bo‘yicha jahonning 9 ta mamlakati qatoridan joy oldi.
CB Insights tashkilotiga Oʻzbekistondagi birinchi yunikorn - Uzum kompaniyasining maʼlumotlari shakllantirilib, kompaniyani yunikornlar roʻyxatiga kiritilishi taʼminlanganligi natijasida “Yunikornlar bahosi” tarkibiy indikatori joriy yilgi reytingda 13 pog‘onaga yaxshilanib (36-o‘rin) kuchli indikatorlar qatoridan joy oldi.
GIIning 2025-yil reyting hisobotida 35 ta indikatorlar o‘sish tendensiyalarini ko‘rsatgan bo‘lsa, shulardan 10 ta indikatorlar doirasida joriy yilda eng yuqori o‘sishga erishildi. Xususan,
Shuni qayd etish kerakki, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq mamlakatimiz 2030-yilga qadar mazkur indeksda TOP-50 talik davlatlar ro‘yxatiga kirishi belgilangan. Erishilgan yutuqlar qatori mazkur yo‘nalishda qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar ham mavjud albatta. Bu bo‘yicha aniq chora-tadbirlar asosida ish olib borilmoqda.