Yangilik 22.06.2021 124

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlar faoliyati oʻrganilmoqda

Rahbar oʻrinbosarlari faoliyatini oʻrganish 2 bosqichda test va suhbat asosida tashkil etilgan boʻlib, hozirgi kunga qadar jami 70 nafar rahbar oʻrinbosarlari faoliyati oʻrganildi. 

Test va suhbat jarayonlari rahbar oʻrinbosarlarining ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish va tashkil qilishga qaratilgan. 

Prorektorlar va direktor oʻrinbosarlari faoliyatini oʻrganish natijalariga koʻra oliy taʼlim muassasalarining ilmiy va innovatsion faoliyati baholanadi hamda reytingi aniqlanadi.