Yangilik 21.06.2021 128

Innovatsion rivojlanish vaziri Buxoro viloyati yoshlari bilan uchrashdi

Uchrashuvda vazir viloyatda tashabbuskor yoshlar va yosh olimlar tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan innovatsion, startap loyihalari bilan tanishdi. Ular bilan maqsadli ishlash tizimini tashkil qilish va uzluksiz muloqotni yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi. 

Shu qatori davra suhbati jarayonida yoshlar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar, ular duch kelayotgan muammolar muhokama qilindi, muammolarni hal qilish boʻyicha yechimlar taklif etildi. 

Tadbir davomida I. Abdurahmonov viloyatning tashabbuskor yoshlari tomonidan tashkil etilgan loyihalar koʻrgazmasida ham ishtirok etdi. Eng yaxshi loyihalar Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Boʻlajak olim” tanlovi va “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.