Yangilik 19.09.2021 780

O'zbekiston Respublikasi Innovatsiyon rivojlanish vazirligining 2021-2022 yillardagi ustuvor faoliyat yo‘nalishlari nimalardan iborat?

Innovatsion rivojlanish vazirligi Axborot xizmatining navbatdagi bayonoti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27-avgustdagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish choratadbirlari to‘g‘risida”gi №545-sonli qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlanadi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27-avgustdagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №545-sonli qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2021 yil 1 apreldagi PF–6198-son Farmoni hamda “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 1 apreldagi PQ–5047-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2021 yil 1 apreldagi PF-6198-son Farmoni hamda “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 1 apreldagi PQ-5047-son qaroriga asosan Innovatsion rivojlanish vazirligining tuzilmasi to‘liq qayta ko‘rib chiqilib, yangi tuzilma tasdiqlangan. Bunda boshqa vazirlik va idoralarning amaldagi funksional vazifalarini takrorlaydigan boshqarma va bo‘limlar tugatilib, yaqin istiqbolda innovatsion rivojlanishni samarali boshqarish imkonini beruvchi yangi tuzilmalar – boshqarma, bo‘limlar tashkil etildi, vazirlikning yangi asosiy vazifalari belgilab berildi. 

Vazirlikning 2021-2022 yillardagi aniq natijalarga qaratilgan 6 ta ustuvor faoliyat yo‘nalishlari belgilab berildi: 

1) biotexnologiyalarni rivojlantirish. Bunda koronavirus infeksiyasiga qarshi mahalliy vaksina, gepatit V virusini aniqlash diagnostikumi, makkajo‘xorining qurg‘oqchilikka, sho‘rxoklikka va sovuqqa bardosh yangi navlari hamda qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga chidamli yuqori hosildor paxta navi yaratiladi; 

2) tuproq unumdorligini oshirish. Natijada Namangan va Toshkent viloyatlarida tuproqdagi mavjud foydali va zararli moddalarni aniqlash asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarining agrokimyoviy xaritalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida tanlab olingan pilot yer maydonlarida tuproqning sog‘lomlik darajasini baholovchi tuproq-ekologik xaritalari ishlab chiqiladi, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida tuproq resurslarini kompleks monitoring qilish va boshqarish dasturiy taʼminoti yaratiladi; 

3) sunʼiy intellektni joriy etish. Bunda Toshkent shahri Nurafshon ko‘chasida “aqlli” svetoforlar orqali yo‘l harakatini tartibga solish tizimi, taʼlim jarayonida keng foydalaniladigan “aqlli displey” texnologiyalari, o‘zbek tili nutqini aniqlash va sintezlash texnologiyasi hamda sud sohasida “ISUD” intellektual tizimi yaratiladi; 

4) qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish orqali vodorodni ishlab chiqarish, saqlash va qo‘llash bo‘yicha innovatsion texnologiyalar yaratiladi; 

5) chorvachilikni rivojlantirish. Bunda jaydari “merinos” zotli qo‘y va “angor” zotli echkilarning sermahsul genotiplari yaratiladi, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli ozuqabop lavlagining “O‘zbekiston-85” navi Ohangaron tumanida ekiladi va hosildorlik 900 s/ga yetkaziladi (amalda 500 s/ga), qashqarbedani boshoqli ekinlar bilan aralash yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish orqali hosildorlik 430 s/ga (amalda 200 s/ga) yetkaziladi; 

6) qishloq xo‘jaligi sohasida qayta ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan qishloq xo‘jaligi texnikasi konstruksiyalarining (mayda urug‘li sabzavot ekinlarini ekish mashinasi, kartoshka kovlagichi, chizelkultivator, paxta separatori, yeryong‘oq hosilini yig‘ishtirish mashinasi) sanoat namunalari yaratiladi, Sirdaryo tumanida g‘o‘za va soya, soya va makkajo‘xorini qo‘sh ekin usulida ekish texnologiyasi, Bo‘stonliq, Ohangaron, Zomin, Baxmal, Forish tumanlari hamda Surxondaryo viloyatlarida kovul dorivor o‘simligini yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalari joriy qilinadi. 

Vazirlikning vazifalari qayta ko‘rib chiqilib, quyidagi vazifalar chiqarib tashlandi: 

davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish; jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish; 

makroiqtisodiy, soliq-byudjet, pul-kredit parametrlari va integratsiya jarayonlarining iqtisodiyotga taʼsirini baholash, iqtisodiyot tarmoqlarini o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish ssenariylarini shakllantirish;

turizm, sog‘liqni saqlash va taʼlim sohalarida innovatsiyalarni joriy qilish. 

Mazkur Qaror bilan tasdiqlangan Nizomda Innovatsion rivojlanish vazirligining maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari hamda tashkiliy asoslarini, shuningdek, rahbarlarining funksional majburiyati va masʼuliyatini belgilangan. Belgilangan vazifalar va faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqib Vazirlikning 2021-2022 yillardagi faoliyati natijadorligini baholash ko‘rsatkichlari tasdiqlandi, xususan:

ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xodimlar sonini (1 mln aholiga nisbatan) 1 000 nafarga yetkazish (amalda 932); 

tijoratlashtiriladigan ilmiy ishlanmalar sonini 2 barobarga oshirish; 

startap loyihalar akseleratsiyasi dasturlaridagi ishtirokchilar sonini 4 barobarga oshirish(50 tadan 200 taga); 

xalqaro qo‘shma ilmiy loyihalar sonini 3,5 barobarga oshirish (21 tadan 79 taga). 

Manba: https://mininnovation.uz/oz/news/3512