Yangilik 29.09.2021 341

Oliy taʼlim muassasalari prorektorlari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari pedagog-xodimlari koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandilar

Innovatsion rivojlanish vazirligida oliy taʼlim muassasalarining ilmiy va innovatsion faoliyatini baholash boʻyicha oʻtkazilgan attestatsiya jarayonida yuqori ball olgan ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor va direktor oʻrinbosarlarini hamda vazirlik otaligʻidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning pedagog-xodimlarini “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻz vazifalarini sidqidildan bajargan rahbarlarga koʻkrak nishonlarini innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov topshirdi.

-- Bugunda ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlarning katta vazifa turibdi, -- dedi vazir. -- Universitetlarning aksariyati soʻnggi yillarda faqat taʼlim muassasasi boʻlib qolayotgandi. Endi ularni ilm-fan bilan jiddiy shugʻullanadigan akademik taʼlim maskaniga aylantirish davri keldi. Tadqiqotlar bilan jiddiy shugʻullanayotgan, yangilik yaratayotgan, oʻz ustida tinimsiz ishlayotgan olimlarimiz talabalarga taʼlim berishi lozim. Toki ularning yaratuvchanlik ruhi yosh qalblarga singsin, haqiqiy ilm bilan shugʻullanuvchi yosh avlod shakllansin.

Joriy yildan baholash natijalariga koʻra oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar rahbarlari, shu jumladan rektor (direktor) hamda ularning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektoriga (direktor oʻrinbosariga) nisbatan ragʻbatlantirish belgilandi. Endilikda har yili Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan oliy taʼlim muassasalarida ilm-fanning rivojlanishiga va innovatsiyalarning joriy etilishiga masʼul rahbarlar, shuningdek pedagog-xodimlar mazkur mukofot bilan taqdirlanadilar.

“Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan oliy taʼlim muassasalarining ilmiy va innovatsion faoliyatini baholash boʻyicha oʻtkazilgan attestatsiya jarayonida yuqori ball olgan ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlar (direktor oʻrinbosari) hamda ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari pedagog-xodimlari

T/rF.I.Sh.Oliy taʼlim muassasasi nomi
1.

Turgʻunboyev Rashidjon

Muxtorovich

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Fargʻona mintaqaviy filiali, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari
2.

Ergashev Oybek

Karimovich

Namangan muhandislik-texnologiya instituti,

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori

3.

Sultanov Toxirjon

Zakirovich

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti,

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori

4.

Aslanova Dilbar

Xasanovna

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti,

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori

5.

Tovboyev Sirojiddin

Axbutayevich

Jizzax politexnika instituti,

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori

6.

Ziyodullayev Shuxrat

Xudoyberdiyevich

Samarqand tibbiyot instituti,

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori

7.

Uzoqov Gʻulom

Norboyevich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti,

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori

8.

Mexmonov Sultonali

Umaraliyevich

Toshkent moliya instituti,

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori

9.

Qodirxonov Murodxon

Rashidxonovich

Namangan davlat universiteti,

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori

10.

Isoqov Maqsud

Uzoqovich

Geologiya fanlari universiteti,

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori

11.Yuldasheva Nilufar AbdukadirovnaAbu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari
12.Tolipova Jamila OlimjonovnaAbu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ixtisoslashtirilgan fanlar boʻyicha direktor oʻrinbosari
13.Toshmatov Monalit ZoxidjonovichMirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatida laboranti
14.

Izbayev Bexruz

Azizovich

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatida oʻquvchisi

Innovatsion g‘oyalar yetakchisi» ko‘krak nishoni sovrindorlarini tabriklaymiz va ularning keyingi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!