1992 yil 10 fevral
Davlat aktivlarini samarali boshqarish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish; o‘ziga berilgan davlat ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari) bo‘yicha aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) huquqlarini amalga oshirish; ilg‘or xorijiy tajriba asosida davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv shakl va usullarini joriy qilish, ularni boshqarishda kuzatuv kengashi va aksiyadorlarning rolini tubdan oshirish; davlat ishtirokidagi korxonalarni, shu jumladan xalqaro moliya institutlari tavsiyalari asosida bosqichma-bosqich ichki va tashqi bozorlarda raqobatlasha oladigan, samarali korxonalarga aylantirishga ko‘maklashish; davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatining samaradorligi va shaffofligini ta’minlash, boshqaruv tuzilmasini optimallashtirish, yuqori daromadlilik va kapitalizatsiyani oshirish, sohasiga kirmaydigan va foydalanilmayotgan aktivlarini chiqarib tashlashga qaratilgan rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlashni muvofiqlashtirish; davlat manfaatlarini ta’minlagan holda, shu jumladan davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) ishonchli boshqaruvga berish orqali investitsiya faoliyatini amalga oshirish; davlat ishtirokidagi korxonalarning obligatsiya va aksiyalarini chiqarish va realizatsiya qilish, shu jumladan mahalliy va xorijiy fond birjalarida IPO/SPO bo‘yicha emissiyalarni joylashtirish hisobiga, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni, shuningdek portfel investitsiyalarni jalb qilish; davlat aktivlarini realizatsiya qilish (xususiylashtirish), ijaraga berishning ochiq va shaffof mexanizmini ta’minlash, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring qilish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish; tahlil asosida davlat ishtirokidagi faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni aniqlash, ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat ishtirokidagi korxonalarda samarali dividend siyosatini olib borish; baholash faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishini ta’minlash, mol-mulkni baholash standartlarini tasdiqlash, shuningdek, rieltorlarni sertifikatlashtirish.
Bankrotlik ishlari bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshiradi, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish va yangi investorlarni jalb etish dasturlarini ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishda qatnashadi; ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliyaviy holatini, shu jumladan, to‘lovga qodir bo‘lmagan, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida ma’lumotlar bazasini yuritish yo‘li bilan monitoring va tahlil qiladi, shuningdek manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining takliflari asosida bankrotlik tartibotlarini qo‘llash tashabbusi bilan chiqish, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va ixchamlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarda bankrotlik tartibotlarining borishini nazorat qiladi, shuningdek sudgacha sanatsiya, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv rejalarini kelishadi; tijorat banklariga berilgan (realizatsiya qilingan) bankrot korxonalar bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyatini tiklash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari bajarilishi monitoringini olib boradi; iqtisodiy nochor korxonalarda bankrotlik yoki sudgacha sanatsiya tartibotlarini amalga oshirishda kreditorlarning manfaatlari va aksiyadorlar (qatnashchilar)ning mulkiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi; ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) pul majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oldida qarzdor bo‘lgan korxonalarning sudgacha sanatsiyasini o‘tkazish, uzaytirish yoki muddatidan oldin to‘xtatish to‘g‘risida, shuningdek sudgacha sanatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish komiteti (Davlat mulki komiteti)ni tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida” qonunini ijro eta borib hamda respublika hududida bozor munosabatlarini shakllantirish, tadbirkorlik va raqobatchilikni rag‘batlantirish, unumli mehnat imkoniyatlarini kuchaytirish, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sohasida yagona siyosat o‘tkazish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish komiteti tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasini tuzish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq bozor munosabatlarini shakllantirish shakli sifatida davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 10 fevraldagi 57-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi (Davlat mulk qo‘mitasi) faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 3 avgustdagi 362-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori
+998 71 259-20-82
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori o‘rinbosari
+998 71 259-20-98
Fakultetlar | 0 |
Professor-o'qituvchilar soni | 0 |
Talabalar | 0 |
Bakalavriat | 0 |
Magistratura | 0 |
Ma’muriy-boshqaruv xodimlar | 0 |
Katta ilmiy xodimlar | 0 |
Kichik ilmiy xodimlar | 0 |
Laborantlar | 0 |
Muhandis-texnik xodimlar | 0 |
Ilmiy kengash azolari | 0 |
Kurslar | Davlat byudjeti | Shartnoma asosida | Jami |
---|---|---|---|
1-kurs | 0 | 0 | 0 |
2-kurs | 0 | 0 | 0 |
3-kurs | 0 | 0 | 0 |
4-kurs | 0 | 0 | 0 |
5-kurs | 0 | 0 | 0 |
6-kurs | 0 | 0 | 0 |
7-kurs | 0 | 0 | 0 |
Kurslar | Davlat byudjeti | Shartnoma asosida | Jami |
---|---|---|---|
1-kurs | 0 | 0 | 0 |
2-kurs | 0 | 0 | 0 |