1992 yil 15 iyun
Davlat ta’lim standartlariga muvofiq ilg`or, zamonaviy ta’lim va kasb-hunar dasturlari asosida yuqori saviyali o`qitishni tashkil qilish va malakali kadrlar yetishtirishni ta’minlash, yoshlarni milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasi hamda umuminsoniy qadriyatlarni bilish, Vatan, oila, tabiatga mehr va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, rivojlangan mamlakatlarning yutuqlaridan foydalanib, BMTning rasmiy tillari bo`yicha mutaxassislar tayyorlashning yangi konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, barcha ta’lim tizimlari uchun chet tili mutaxassislarini, o`qituvchilarini, tarjimonlarni tayyorlash, turli tajribalar o`tkazish yo`li bilan o`qitishning kompyuter texnikasi va audiovizual vositalarini qo`llagan holda chet tillarni jadal o`rgatish usullarini joriy etish; • yuqori malakali xalqaro jurnalistlarni tayyorlash, tegishli sohadagi xorijiy ta’lim muassasalari bilan bevosita aloqalar o`rnatish, ular bilan hamkorlik to`g`risida qisqa va uzoq muddatli shartnomalar tuzish, o`zining intellektual imkoniyatlaridan foydalanish hisobiga valuta mablag`lari jamg`armasini tuzish, universitetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uning mulkini ko`paytirish, xorijiy davlatlarda tashkil etilgan malaka oshirish, tajriba almashish o‘quv kurslarida professor-o‘qituvchi va talabalar ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish,xalqaro aloqalar asosida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, xorijiy universitetlar bilan qo‘shma o‘quv dasturlar, qo‘shma diplom dasturlarini ishlab chiqish, xorijiy tajribadan foydalangan holda universitetda yangi darslik va o‘quv-qo‘llanmalar, dasturlar yaratish nazarda tutilgan.
" O’zDJTUning аsosiy vаzifаlаri quyidаgilаrdаn iborаt: - shаxsning intellektuаl, mаdаniy vа mаъnаviy-аxloqiy kаmol topishigа bo’lgаn ehtiyojlаrini oliy tаъlim vа oliy tаъlimdаn keyingi mаъlumot olishi orqаli erishishni qondirish; - hаr tomonlаmа rivojlаngаn vа sodiq shаxsni, mustаqil dаvlаt fuqаrosini, o’z Vаtаni fidoyisi, xаlq, jаmiyat vа oilа oldidаgi o’z mаsъuliyatini his qiluvchi, milliy vа umuminsoniy qаdriyatlаrni hurmаt qiluvchi, hаlq аnъаnаlаrini boyituvchi vа mustаhkаmlovchi, Vаtаnimiz kelаjаgi uchun vijdonаn vа hаlol mehnаt qiluvchi etib shаkllаntirish; - ilmiy-pedаgogik xodimlаr vа tаъlim oluvchilаrning tаdqiqotlаri vа ijodiy fаoliyatlаri orqаli fаnni tаrаqqiy ettirish, olingаn nаtijаlаrdаn tаъlim jаrаyonidа foydаlаnish;"
Bugungi kunda universitetda 10 mingga yaqin talabalar mavjud boʻlib, ular bakalavr darajasini olish uchun taʼlim oladilar. Taʼlim Oʻzbekiston hukumati tomonidan belgilangan ikki turda tashkil etilgan: universitetda oʻqishning birinchi turi kontrakt asosida boʻlishi belgilangan. Barcha oʻquv yigʻimlari Oʻzbekiston hukumati standartlari bilan belgilangan boʻlib, universitetda shartnoma asosida tahsil olayotgan har bir talaba toʻlov-shartnomani oʻz vaqtida toʻlashi lozim. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida oʻqishning ikkinchi turi grant asosida boʻlishi belgilangan. Barcha iqtidorli talabalar universitet homiylari tomonidan talabalarga bepul oʻqish imkonini beruvchi grantlar bilan taqdirlanadilar. OʻzDJTUda oʻqish muddati bakalavr darajasini olish uchun 4 yil, magistratura uchun esa 2 yil etib belgilangan. Universitet tarkibida 600 dan ortiq oʻz sohasining professional oʻqituvchilari mavjud boʻlib, ularning aksariyati tegishli fanlar boʻyicha professor hisoblanadi. Oʻquv dasturlari va darsliklar talabalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim standartlariga asosan ishlab chiqilgan boʻlib, oʻquv jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan nazorat qilinadi. Universitetning administrativ qismi Oʻzbekistonning boshqa milliy universitet va institutlari bilan bir xil. Universitet rahbari rektor hisoblanib, universitetda 5ta prorektor faoliyat koʻrsatadi. Barcha fakultetlar dekanlar tomonidan, kafedralar esa mos ravishda professor-oʻqituvchilar tomonidan nazorat qilinadi.
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori
(+998 71) 230-12-91
ILMIY ISHLAR VA INNOVASIYALAR BO'YICHA PROREKTOR
+998 71 230-12-93
MOLIYA VA IQTISODIY MASALALAR BO`YICHA PROREKTOR
+998 71 230-12-97
Fakultetlar | 0 |
Professor-o'qituvchilar soni | 0 |
Talabalar | 14759 |
Bakalavriat | 13868 |
Magistratura | 891 |
Ma’muriy-boshqaruv xodimlar | 0 |
Katta ilmiy xodimlar | 0 |
Kichik ilmiy xodimlar | 0 |
Laborantlar | 0 |
Muhandis-texnik xodimlar | 0 |
Ilmiy kengash azolari | 0 |
Kurslar | Davlat byudjeti | Shartnoma asosida | Jami |
---|---|---|---|
1-kurs | 1129 | 3128 | 4257 |
2-kurs | 528 | 3716 | 4244 |
3-kurs | 433 | 2559 | 2992 |
4-kurs | 359 | 2016 | 2375 |
5-kurs | 0 | 0 | 0 |
6-kurs | 0 | 0 | 0 |
7-kurs | 0 | 0 | 0 |
Kurslar | Davlat byudjeti | Shartnoma asosida | Jami |
---|---|---|---|
1-kurs | 48 | 505 | 553 |
2-kurs | 42 | 296 | 338 |