1997-yil 11-mart
O‘zbekiston madaniyati va san’atining taraqqiyoti yo‘lida tasviriy va amaliy san’at, dizayn va xalq hunarmandchiligi sohalari bo‘yicha zamonaviy xalqaro standartlarning yuksak talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash MRDIning asosiy maqsadi hisoblanadi. 2.2. Quyidagilar MRDIning asosiy vazifalari hisoblanadi: -Institutda davlat ta’lim standarti, malaka talablari, o‘quv reja va o‘quv fan dasturlariga muvofiq o‘qitish sifatini ta’minlash; -o‘quv jarayonini (amaliyot, stajirovka) kadrlar iste’molchilarining takliflarini inobatga olgan holda tashkil etish; -ilm-fan, madaniyat, texnika, texnologiyalar, iqtisodning zamonaviy yutuqlari, mamlakatning iqtisodi va madaniyatining ijtimoiy istiqbolini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash uslublarini tizimli takomillashtirish; -iqtisodiyotning muvofiq sohalaridagi oliy ma’lumotli mutaxassislarni va ilmiy – pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; -ilmiy-pedagogik xodimlar va ta’lim oluvchilarning tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fan va madaniyatni taraqqiy ettirish, olingan natijalardan ta’lim jarayonida foydalanish.
O‘qitishning interfaol usullarini, innovatsion pedagogik hamda axborot kommunikatsion texnologiyalarini, mustaqil ta’lim olish, masofaviy ta’lim tizimini amaliyotga joriy qilish; -shaxsning intellektual, ijodiy, madaniy va ma’naviy – ahloqiy kamol topishiga bo‘lgan ehtiyojlarini oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ma’lumot olishi orqali erishishni qondirish; -har tomonlama rivojlangan va sodiq shaxsni, mustaqil davlat fuqarosini, o‘z Vatani fidoyisi, xalq, jamiyat va oila oldidagi o‘z mas’uliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, xalq an’analarini boyituvchi va mustahkamlovchi, Vatanimiz kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi etib shakllantirish; -jamiyatning ahloqiy, madaniy va ilmiy qadriyatlarini saqlash va boyitish; -aholi o‘rtasida bilimlarni tarqatish, uning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy darajasini ko‘tarish; -oliy ta’lim sohasida o‘zaro foydali xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
Institutda Rossiya, Tojikiston, Qozog’iston, Turkmaniston, Qirg’iziston, Xitoy, Janubiy Koreya kabi davlatlar fuqarolari tahsil olmoqdalar. Dunyoning qator davlatlari (Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Singapur, Xitoy, Germaniya, Ozarbayjon, Latviya, Rossiya, Qozog’iston) oliygohlari bilan imzolangan memorandumlar asosida hamkorlik aloqalari olib borilmoqda. Xususan, professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvi amalga oshirilmoqda. Shuningdek, institutning qator professor-o’qituvchilari dunyoning ko’plab mamlakatlari oliygohlarida mahorat darslarini o’tib kelmoqdalar, malaka oshirmoqdalar, shaxsiy ko’rgazmalarini tashkil qilmoqdalar. Shu bilan bir qatorda ko’plab mamlakatlarning yuqori malakali mutaxassislari institutda mahorat darslarini o’tishi an’anaga aylangan.
Fakultetlar | 0 |
Professor-o'qituvchilar soni | 0 |
Talabalar | 1916 |
Bakalavriat | 1740 |
Magistratura | 176 |
Ma’muriy-boshqaruv xodimlar | 0 |
Katta ilmiy xodimlar | 0 |
Kichik ilmiy xodimlar | 0 |
Laborantlar | 0 |
Muhandis-texnik xodimlar | 0 |
Ilmiy kengash azolari | 0 |
Kurslar | Davlat byudjeti | Shartnoma asosida | Jami |
---|---|---|---|
1-kurs | 117 | 514 | 631 |
2-kurs | 95 | 371 | 466 |
3-kurs | 91 | 306 | 397 |
4-kurs | 71 | 175 | 246 |
5-kurs | 0 | 0 | 0 |
6-kurs | 0 | 0 | 0 |
7-kurs | 0 | 0 | 0 |
Kurslar | Davlat byudjeti | Shartnoma asosida | Jami |
---|---|---|---|
1-kurs | 20 | 94 | 114 |
2-kurs | 12 | 50 | 62 |