Toshkent shahridagi Vebster universitetining ta'lim dasturlarini amalga oshirish markazi

Toshkent shahridagi Vebster universitetining ta'lim dasturlarini amalga oshirish markazi
Hudud:
Toshkent shahar
Tashkilot turi:
Xorijiy filial
Manzil:
Alisher Navoiy ko'chasi 13-uy
Indeks:
100011
Telefon:
+998999313346
Faks:
+998999313346
E-Mail:
Web-sayt:
Tashkil topgan sana

2019 yil 20 mart

Tashkilotning maqsadi

Xalqimizning yuksak milliy va umuminsoniy qadriyatlarining jamiyatimiz madaniyati va ma’naviyatining rivojlanishiga ta’siri, ularning dunyoviy, huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyati barpo etishda tutgan o’rni va rolini o’rganadi hamda talaba-yoshlarni tarbiyalashda amaliyotda ularning mohiyatini ochib beradi

Tashkilotning vazifasi

"Talabalar o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish orqali turli zararli g’oyalar ta’siriga berilmaslik, ekstremizm va diniy aqidaparastlikning har qanday shakllari, reaktsion mohiyatini keng tushuntirish, giyohvandlik, axloqsizlik illatlaridan xoli bo’lish muhitini yaratish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi hamda uni hayotga tadbiq etadi; - respublikamizda yashab turgan millat va elatlar o’rtasida do’stlik va totuvlik siyosati asoslarini targ’ib qiladi va ularni mustahkamlash maqsadida keng tushuntirish ishlarini olib boradi; -ta’lim-tarbiyaning talabalar qobiliyati va iste’dodining har tomonlama namoyon bo’lishiga qaratilganligini taьminlovchi jarayonni tashkil etadi, uning mazmunini tubdan yangilab boradi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvor ahamiyatini ta’minlash, shaxs va atrof-muhit munosabatlarini uyg’unlashtirish, talabalarning dunyoqarashi, yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy tafakkurni shakllantirish bo’yicha chora-tadbirlar belgilaydi; - ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda Vatan va o’z xalqi uchun faxrlanish, uning qadimiy tarixiga hurmat bilan qarash, obod va farovon hayot qurish uchun daxldor va javobgarlik tuyg’ularini tarbiyalashga yo’naltirilgan keng ko’lamli faoliyatini amalga oshiradi; - talabalar jamoasini shakllanishida, ularda insoniylik va mas’uliyat hissini tarbiyalashda demokratlashtirishning chuqurlashuviga tegishli sharoitni vujudga keltirib, ish yuritadi; - ilmiy, ijodiy, jurnalistika, kasb-hunar to’garaklar va sport sektsiyalari rahbarlari bilan maьnaviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni yaqin hamkorlikda olib boradi; - universitet Ma’naviyat va ma’rifat kengashida muhokama etiladigan masalalarni tayyorlashda bevosita ishtirok etadi, ularning ijrosini ta’minlaydi; - akademik guruh murabbiylarining siyosiy, huquqiy savodxonligini oshirishga yo’naltirilgan faoliyatni tashkil etadi va ijrosini amalga oshiradi; - mamlakatimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari: Mustaqillik, Konstitutsiya, Xotira va Qadrlash kuni, Navro’z, O’qituvchi va murabbiylar kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni, Vatan himoyachilar kuni, Bitiruvchilar kechasi kabi an’anaviy bayramlarning tashkiliy va tarbiyaviy jihatidan yuqori saviyada o’tishini ta’minlaydi; - universitet Аxborot resurs markazi tomonidan amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni muvofiqlashtirish va o’tkazishga yaqindan yordam beradi, rahbarlik qiladi; - talabalarning o’z-o’zini boshqarishiga sharoit yaratadi, qobiliyatli va iste’dodlilariga alohida e’tibor qaratadi, ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga ko’maklashadi; - akademik guruh murabbiylari haftaning muayyan bir kunida mamlakatimiz va jahondagi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy sohalardagi yirik o’zgarishlar haqida “Аxborot soati”ni yuqori saviyada o’tishini ta’minlaydi;

Qisqacha tarif

Vebster universiteti - O‘zbekistondagi birinchi Amerika universiteti. Biz talabalarni dunyo fuqarolariga aylantiramiz va shu bilan birga shaxsiy yutuqlarga hamda o‘zini takomillashtirishga bo‘lgan intilishni rivojlantiradigan sifatli ta'lim berishga intilamiz. Universitetda malakali xorijiy hamda mahalliy professor-o‘qituvchilar bilim berishadi, barcha mahalliy professor-o‘qituvchilarimiz xorijiy universitetlarda magistrlik yoki doktorlik ilmiy darajalariga ega.Ko‘p yillik xalqaro tajriba tufayli biz 60dan ortiq filiallarimizda o‘qitish sifatini kafolatlaymiz. Vebster universitetining bosh kampusi AQShning Missuri shtati, Sent-Luis shahrida 1915 yilda tashkil etilgan bo‘lib, talabalar, bitiruvchilar va o‘qituvchilarning global tarmog‘iga ega. Xususan, AQSh, Yevropa, Osiyo va Afrika qit‘alarida bizning filiallarimiz mavjud.

Jon Greynjer

REKTOR

+998 71 241 33 00

info@webster.uz

Fakultetlar 0
Professor-o'qituvchilar soni 0
Talabalar 0
Bakalavriat 0
Magistratura 0
Ma’muriy-boshqaruv xodimlar 0
Katta ilmiy xodimlar 0
Kichik ilmiy xodimlar 0
Laborantlar 0
Muhandis-texnik xodimlar 0
Ilmiy kengash azolari 0
BAKALAVRIAT KONTINGENTI
Kurslar Davlat byudjeti Shartnoma asosida Jami
1-kurs 0 0 0
2-kurs 0 0 0
3-kurs 0 0 0
4-kurs 0 0 0
5-kurs 0 0 0
6-kurs 0 0 0
7-kurs 0 0 0
MAGISTRATURA KONTINGENTI
Kurslar Davlat byudjeti Shartnoma asosida Jami
1-kurs 0 0 0
2-kurs 0 0 0