O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
Territory:
Toshkent shahar
Type of organization:
Ilmiy markaz
Address:
Sh.Rashidov ko‘chasi 3
Postcode:
100084
Phone :
+998 71 239-10-83
Fax:
+998 71 239-10-83
E-Mail:
Website:
Date of formation

1876-yilda

The purpose of the organization

"Muzey ekspozitsiyasida O’zbekistonning qadimgi davrdan to hozirgi kungacha bo’lgan tarixi yoritilgan. Ekspozitsiya asosiga muzey ekspozitsiyasi qadimgi davrdan hozirgi kungacha O’zbekistondagi tarixiy va madaniy jarayonlarning uzluksizligi va izchil rivojlanishi tamoyilini kiritilgan, bu yerda yaratilgan madaniy merosning dunyo sivilizatsiyasi tarixidagi o’rnini belgilab berdi. Ko’rgazma moddiy, badiiy va ma’naviy madaniyat ob’ektlari orqali tashrif buyuruvchilarga, O’zbekistonning tarixiy rivojlanishining naqshlari va xususiyatlarini namoyish etish, ongini ona tarixining buyukligidan g’urur bilan to’ldirish uchun yaratilgan. U tarix fanining jahon mezonlari asosida qurilgan, ammo O’zbekiston tarixining qonuniyatlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda qurilgan."

The mission of the organization

"Muzey ekspozitsiyasi binoning uchinchi va to’rtinchi qavatlarini egallaydi. Ko’rgazmaning umumiy maydoni 2500 kv.m. Eksponatlar soni 10 mingdan oshadi. Ekspozitsiya dizaynida arxeologik topilmalar majmui, etnografik materiallar, tangalar, yozma manbalar, fotosuratlar keng va xilma-xil qo’llanilgan. Tabiiyki, ekspozitsiya o’zgaradi, yaxshilanadi, yangi eksponatlar bilan to’ldirildi va shu munosabat bilan yangi bo’limlar va ko’rgazmalar paydo bo’ladi."

Brief description

 Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining yirik ilmiy tekshirish va madaniy-maʼrifiy muassasalaridan biri. 1876-yilda Toshkent muzeyi nomida tashkil etilgan. 1883-yil Turkiston ommaviy kutubxonasi bilan birlashtirildi. Etnigrafiya, arxeologiya, numizmatika, harbiytarix boʻlimlari boʻlgan (1903). 1918-yil Turkiston oʻlka xalq muzeyiga, 1922-yildan Turkiston Bosh muzeyiga, 1925-yildan Oʻrta Osiyo Bosh muzeyiga aylantirildi. 1943-yildan Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb nomlangan. 1969—92-yillar Oybek nomidagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb atalgan. 1992-yil 21-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 203-sonli qaroriga muvofiq, bir necha muzeylarni birlashtirish asosida hozirgi nomi bilan qayta tashkil etildi.Muzey Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo xalqlarining moddiy va maʼnaviy obidalarini saqlash va oʻrganish boʻiicha mamlakatda yirik ilmiy tekshirish markazi hisoblanadi. Hozirgi kunda uning zaxirasida 250 mingga yaqin tarixiy, sanʼat va madaniyat yodgorliklaridan iborat osori atiqalar saqlanadi. Buning 60 mingdan ortigʻini arxeologiya, 80 mingdan ziyodi numizmatika va 16 mingdan ortigʻini etn. yodgorliklari tashkil etadi. Unda mahalliy oʻlkashunoslar, oʻtmish bilan qiziquvchi havaskorlardan toʻplangan oʻlka tarixiga oid numizmatika, arxeologiya, uyroʻzgʻor buyumlari va fotosuratlardan iborat kolleksiyalar ham mavjud.Muzeydagi etnografiya fondi esa nihoyatda qimmatli buyumlardan iborat boʻlib, xalqimizning uyanjomlari, kiyimkechaklari, zargarlik buyumlari, xalq hunarmandchiligining hamma sohasiga oid ish qurollari va mahsulotlaridan namunalar — har bir etn. hududning oʻziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shulardan 10 mingdan ortigʻi oʻzbek xalqining ijtimoiy hayotiga oid boʻlsa, 6 mingi Oʻzbekiston hududida yashovchi boshqa millatlarga taalluqlidir.Muzey arxiv va kutubxonaga ega. Muzey faoliyati davomida olimlar tomonidan ilmiy asarlar, ilmiy va ommabop kitoblar, albom, buklet va turli koʻrsatkichlar hamda maktab oʻquvchilari va talabalar tarbiyasi uchun ilmiymetodik qoʻllanmalar nashr etib kelmoqda. Ular orasida keyingi yillarda nashr etilgan "Temuriylar sulolasining tangalari" (1996); "Katalog metallicheskix i keramicheskix izdeliy Uzbekistana XSHX1X vv" (2000); "Oʻzbek milliy kiyimlari" (2002); "Fargʻona vodiysidagi milliy ozodlik kurashlari" (2003); "Toshkentning yangi shahar qismi tarixi" (2004) kabi nashrlar bor.Muzey 1964-yildan 1887-yil qurilgan sobiq Turkiston davlat palatasi binosida faoliyat yurgizgan. 1992-yil aprel dan sobiq Lenin muzeyi binosiga koʻchib oʻtdi. Mazkur bino 1970, meʼmori Ye.Rozanov, V.Shestopalov va boshqalar) shahrining markazida Sharof Rashidov shohkoʻchasida joylashgan. Bino murabba tarhli, 20 ta zal (umumiy ekspozitsiya maydoni 3,2 ming kv.m), maʼruzalar (500 kv.m) hamda konferensiya (170 kv.m) zallari, ustaxonalar, fond, ish xonalaridan iborat. Anʼanaviy panjara uslubida ishlangan quyosh nuridan saqlovchi toʻsiqlar oddiy geometrik shakldagi binoga jozibadorlik baxsh etgan; keng yoʻlka (pandus) bino oldi maydoniga olib borib, 2qavat vestibyuli bilan bogʻlanadi. Bino 1999—2003 yillarda qayta taʼmirlandi (meʼmor R.Iskandarov va boshqalar), ichki tuzilishi oʻzgartirildi, yangi dizaynda zamonaviy texnika bilan jihozlandi. Ustaxonalar, fond hamda xodimlarning ish xonalari 1qavatda joylashgan. Bino interyeri milliy anʼanalarda (ganchkorlik — M.Usmonov va boshqalar; yogʻoch oʻymakorligi — K,.Haydarov va boshqalar) ziynatlangan, taʼmirlash davrida mahobatli devoriy rasmlar (rassom A. Ikromjonov, A.Aliqulov) bilan bezatilgan.

Ismailova Jannat Xamidovna

Direktor

+998 71 262-38-23

info-historymuseum@academy.uz

Faculties 0
Number of professor teachers 0
Students 0
Bachelor's degree 0
Master's degree 0
Administrative staff 0
Senior researchers 0
Junior researchers 0
Laboratory assistants 0
Engineers and technicians 0
Members of the Academic Council 0
BACHELOR'S CONTINGENT
Kurslar State budget On a contractual basis Total
1-kurs 0 0 0
2-kurs 0 0 0
3-kurs 0 0 0
4-kurs 0 0 0
5-kurs 0 0 0
6-kurs 0 0 0
7-kurs 0 0 0
MASTER'S CONTINGENTS
Kurslar State budget On a contractual basis Total
1-kurs 0 0 0
2-kurs 0 0 0