1924 yil
"Shaxsning intellektual, madaniy va ma’naviy-ahloqiy kamol topishiga bo‘lgan ehtiyojlarini, oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlarida ma’lumot olishi orqali erishishni qondirish; • iqtisodiyotning tegishli sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislarni va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; • oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘yicha fanning falsafa doktori, fan doktori va mustaqil izlanuvchi sifatida oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash;"
"Jamiyatning ahloqiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va ilmiy qadriyatlarini saqlash va boyitish; • aholi o‘rtasida bilimlarni tarqatish, uning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy, huquqiy darajasini ko‘tarish; • ilmiy-pedagog hodimlar va ta’lim oluvchilarning ilmiy-tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fanni taraqqiy ettirish, olingan natijalardan ta’lim jarayonida foydalanish; • har tomonlama rivojlangan va sodiq shaxsni, mustaqil davlat fuqarosini o‘z Vatani fidoyisi, xalq, jamiyat va oila oldidagi o‘z mas’uliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, xalq an’analarini boyituvchi va mustahkamlovchi, Vatanimiz kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi etib shakllantirish;"
Institut ilmiy tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlari: chorva mollari oʻrtasida tarkalgan yuqumli, invazion va yuqumsiz kasalliklarini oʻrganish va ularga qarshi kurash, turli vaksinalar va davolash preparatlari yaratish, Oʻzbekistonning issiq iqlim sharoitida chorvachilikni rivojlantirish uchun muhim veterinariya-sanitariya tadbirlarini ishlab chiqish va b. iborat. Institutda 17 laboratoriya, Qarshi va Navoiy tayanch punktlari, xoʻjalik hisobidagi ishlab chiqarish boʻlimi bor (2000). Respublika veterinariya xizmati institut ilmiy ishlanmalari asosida mamlaktimiz hududida qoramollarning oʻlat va plevropnevmoniya, otlarda yuqumli pnevmoniya, manqa, yuqumli ensefalomiyelit, plevropnevmoniya kabi chorvachilikka juda katta ziyon keltiradigan kasalliklarni butunlay yoʻqotishga erishdi. Hayvonlarning kuydirgi, qorason, quturish, sargʻayma, qoʻtir, chechak va b. yuqumli kasalliklaridan keladigan zarar taʼsiri kamaytirildi. Chorva mollaridagi brutsellyoz (R. G. Yarayev, N. X. Shevchenko, M. S. Obidjonov, R. A. Ismatova), tuberkulyoz (G. V. Ni, M. A. Roʻzimurodov), quturish (N. M. Mamatov), teylorioz (I. X. Rasulov), bradzot (A. A. Volkova), echkilar plevropnevmoniyasi (F. D. Lukashenko), senuroz va exinokokkoz (M. A. Aminjonov), kolisalmonellyoz va pasterellyoz (I. D. Burlutskiy, A. K. Siddiqov, R. U. Bulxanov, A. Abdusattorov, T. B. Toʻraqulov, I. V. Ryasnyanskiy, J. Parmonov), parrandalar kolibakteriozi (O. Hoshimov, F. Niyozov) kasalliklariga qarshi yangi samarali vaksinalar, leykoz diagnostikumi (X. S. Salimov, M. K. Bugayev), piroplazmidozlarning oldini olish va davolashda diamidin (A. Gʻofurov, T. X. Rahimov), gelmintozlarga qarshi taʼsiri keng boʻlgan atsetomizol (A. O. Oripov) kabi preparatlar yaratildi va ulardan amaliyotda samarali foydalanilmoqda. Institut faoli-yati I. X. Irgashev, N. M. Matchonov, F. Ibodullayev, A. Roʻzimurodov, T. Boymurodov, M. Aminjonov, X. Salimov, A. Oripov, U. Ya. Uzoqov, G. S. Poʻlatov, N. X. Yenilleeva kabi olimlar nomi bilan bogʻliq. Institut yuqori malakali ilmiy mutaxassislar yetishtiruvchi markaz hisoblanadi. Institutda 85 ilmiy xodim, shu jumladan 12 fan doktori, 32 fan nomzodi ishlaydi. Institutda aspirantura va doktorantura bor. Ilmiy asarlar, monografiyalar, uslubiy koʻrsatmalar, yoʻriqnomalar, qoʻllanmalar, tavsiyalar va b. nashr etadi.
Fakultetlar | 0 |
Professor-o'qituvchilar soni | 0 |
Talabalar | 0 |
Bakalavriat | 0 |
Magistratura | 0 |
Ma’muriy-boshqaruv xodimlar | 0 |
Katta ilmiy xodimlar | 0 |
Kichik ilmiy xodimlar | 0 |
Laborantlar | 0 |
Muhandis-texnik xodimlar | 0 |
Ilmiy kengash azolari | 0 |
Kurslar | Davlat byudjeti | Shartnoma asosida | Jami |
---|---|---|---|
1-kurs | 0 | 0 | 0 |
2-kurs | 0 | 0 | 0 |
3-kurs | 0 | 0 | 0 |
4-kurs | 0 | 0 | 0 |
5-kurs | 0 | 0 | 0 |
6-kurs | 0 | 0 | 0 |
7-kurs | 0 | 0 | 0 |
Kurslar | Davlat byudjeti | Shartnoma asosida | Jami |
---|---|---|---|
1-kurs | 0 | 0 | 0 |
2-kurs | 0 | 0 | 0 |
PSR reaksiyasi natijasini uqish uchun foydalaniladi
PSR reaksiyasi natijasini uqish uchun foydalaniladi
IFA reaksiyasi natijasini uqish uchun foydalaniladi
IFA reaksiyasi qoʻllanadigan mikroplanshetlarni yuvish uchun foydalaniladi
Biologik Xavfsizli shkafi
Biologik Xavfsizli shkafi
Laboratoriya sharoitida suyuq moddalarni ajratish uchun foydalaniladi
Mikroorganizmlarni past xaroratda saqlash uchun foydalaniladi
Laboratoriyach sharoitida boʻgʻ va bosim ostida anjom va materiallarni sterilizasiya qilish uchun foydalaniladi.