1992 yil 10 fevral
Markaz faoliyatining asosiy maqsadi – xususiylashtirish jarayonlarini rivojlantirish, davlat aktivlarini boshqarish tizimini takomillashtirish, xo‘jalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va bankrotlik tizimini takomillashtirish, baholash va rieltorlik faoliyatini rivojlantirish, qimmatli qog‘ozlar va ko‘chmas mulk bozorlari faoliyat ko‘rsatishining mustahkam ilmiy-metodologik va metodik bazasini yaratishda hamda mamlakat iqtisodiyotini isloh qilishning bugungi bosqichidagi boshqa dolzarb vazifalarni hal etishda iqtisodiyot fanining rolini kuchaytirish.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi: xo‘jalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy xalqaro standartlari va usullarini, hamda baholash tizimini joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish; xususiylashtirish, shu jumladan ko‘chmas mulk ob‘ektlari va davlat ulushlarini sotish, shuningdek, korxonalarni xususiylashtirishdan oldin tayyorlashning ilmiy-metodologik asoslarini rivojlantirish hamda xususiylashtirish jarayonlari amalga oshirilishini monitoring qilish; aksiya va obligasiyalarni chiqarish hisobiga davlat ishtirokidagi korxonalarga investisiyalarni jalb qilish muammolarini tadqiq etish; davlatning, shu jumladan uning xorijdagi aktivlarini samarali boshqarish va davlat mulki ob‘ektlarini ijaraga berish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; iqtisodiy nochor bo‘lgan davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va bankrotlik taomillarini amalga oshirishning metodologik asoslari va mexanizmlarini takomillashtirish; baholash va rieltorlik faoliyatini tartibga solishning ilmiy-metodologik asoslarini rivojlantirish; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, tahliliy va uslubiy hujjatlarni tayyorlash, ilmiy ishlarni chop etish, Markazning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazish.
Markaz xususiylashtirish, davlat mulkini boshqarish, xo‘jalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni joriy etish, davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va bankrotlik tizimini takomillashtirish, qimmatli qog‘ozlar va ko‘chmas mulk bozorlarining faoliyat ko‘rsatishi jarayonlarini yanada rivojlantirish nazariyasi va amaliyotini tadqiq etish sohasida mamlakatning tayanch ilmiy muassasasi bo‘lib hisoblanadi.
Direktorning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari
+9983 71 259-21-99
Fakultetlar | 0 |
Professor-o'qituvchilar soni | 0 |
Talabalar | 0 |
Bakalavriat | 0 |
Magistratura | 0 |
Ma’muriy-boshqaruv xodimlar | 0 |
Katta ilmiy xodimlar | 0 |
Kichik ilmiy xodimlar | 0 |
Laborantlar | 0 |
Muhandis-texnik xodimlar | 0 |
Ilmiy kengash azolari | 0 |
Kurslar | Davlat byudjeti | Shartnoma asosida | Jami |
---|---|---|---|
1-kurs | 0 | 0 | 0 |
2-kurs | 0 | 0 | 0 |
3-kurs | 0 | 0 | 0 |
4-kurs | 0 | 0 | 0 |
5-kurs | 0 | 0 | 0 |
6-kurs | 0 | 0 | 0 |
7-kurs | 0 | 0 | 0 |
Kurslar | Davlat byudjeti | Shartnoma asosida | Jami |
---|---|---|---|
1-kurs | 0 | 0 | 0 |
2-kurs | 0 | 0 | 0 |